Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmati - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qarori 1-ilovasi bilan tadiqlangan Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Ma’muriy reglamentiga muvofiq amamlga oshiriladi
- soliq toʻlovchilar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish;
-jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini hisobga qoʻyish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshirish;
-soliq toʻlovchilarni vaqtini tejash, qogʻozbozlikni oldii olish va soliq toʻlovchilarni vaqtini tejash;
- ijara shartnomalari hisobini yuritish.
Ijara xizmatlaridan foydalanish uchun Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmati (ijara.soliq.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy yoki yuridik shaxsning Elektron raqamli imzosi yoki token qurilmasidan foydalaniladi.