solution icon
“Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash uchun onlayn ariza topshirish” axborot tizimi
OTM talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash tartibi hamda bu boradagi komissiyalar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash transfer.edu.uz
Afzalliklari
  • advantage icon O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash uchun onlayn ariza yuborish
  • advantage icon Ariza holatini kuzatib borish
  • advantage icon Tegishli hujjatlarni onlayn yuklab olish
Loyiha haqida

Mazkur axborot tizimini joriy etish orqali quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirishga erishilgan:
-    Vazirlik tomonidan belgilangan muddat mobaynidaistalgan vaqtda talabalardan ariza va tegishli hujjatlarni qabul qilish;
-    respublikaning barcha OTMlari boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish, roʻyxatdan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarining monitoringi va statistik koʻrsatkichlarini yuritish;
-    OTMning oʻqishni koʻchirish uchun topshirilgan arizalar natijalarini qayd qilish.
 

Axborot tizimining maqsad va vazifalari

-    tegishli hujjatlarning elektron nusxalarini biriktirib onlayn arizalar berish;
-    arizalarning koʻrib chiqish jarayonlari monitoringini yuritish va nazorat qilish;
-    oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha tegishli komissiyalar aʼzolari tomonidan hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilishi va boshqarilishi;
-    oliy taʼlim muassasasi (keyingi oʻrinlarda – OTM) boʻysunuvidagi vazirlik va idoralarda oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash arizalarini koʻrib chiqish va tegishli qarorlarni qabul qilish;
-    oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash arizalarining koʻrib chiqilish holatlari va qabul qilingan qarorlar boʻyicha statistik maʼlumotlarni turli kesimda shakllantirish;
-    oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash jarayonlarining odilona va shaffof muhitini yaratish orqali interaktiv onlayn xizmatlar koʻlamini oshirish. 
 

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish

Axborot tizimi xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Shuningdek, qisqa sms-parol orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratilgan.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon O‘qishni koʻchirish, qayta tiklash uchun tegishli hujjatlarni biriktirgan holda arizalar berish
  • opportunity icon Yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqish
  • opportunity icon Ariza holatini onlayn kuzatib borish
  • opportunity icon Topshirilgan arizalar natijalarini qayd qilish
  • opportunity icon Tegishli hujjatlarni onlayn yuklab olish