solution icon
“UZASBO” Dasturiy majmuasi
Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisobotini amalga oshirishning avtomatlashtirilgan tizimi uzasbo.uz
Afzalliklari
  • advantage icon O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli bhs) «Yagona schetlar rejasi» talablariga muvofiqligi
  • advantage icon Dasturiy majmuada Budjet tashkilotlari kadrlar bo‘limi xodimlari uchun Kadrlar hisobini yuritish imkoniyati
  • advantage icon Tizimdagi ma’lumotlat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ikki faktorli avtorizasiyadan o‘tkazish amaliyoti
Loyiha haqida

“UzASBO” dasturiy majmuasi - Budjet tashkilotlari tomonidan barcha buxgalteriya ob’ektlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisobotini kompleks avtomatlashtirish.

Dasturiy majmuaning maqsad va vazifalari

- buxgalteriya hisobi operatsiyalarini avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobinibg to‘liq siklini va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan budjet va moliyaviy hisobotlarni shakillantirish, shu jumladan asosiy vositalar, Tovar-moddiy zaxiralar va nomoddiy aktivlar, naqd pul mablag‘lari, kassadagi haqiqiy xarajatlar, shuningdek, tegishli huquqiy hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan yagona metodika bo‘yicha UzASBOda hisobotlarni shakillantirish va tayyorlash;
- budjet tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotining holati bo‘yicha UzASBO yagona ma’lumotlar bazasida markazlashtirilgan monitoringni amalga oshirish;
- “G‘aznachilik” dasturiy majmuasi, “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi va boshqa tizimlari bilan bilan integrasiyasi va ma’lumotlar almashuvini ta’minlash.
 

Ro‘yxatdan o‘tish

Tizimga kirish (ERI kaliti orqali) foydalanuvchi tomonidan login va parol tergan holda amalga oshiriladi. Ikki faktorli avtorizasiyadan o‘tish (SMS kod orqali).

Dasturiy majmua qulayliklari

- yagona lavozimlar klassifikatorii;
- yagona ustamalar reestri;
- budjet tashkilotlariga tushumlarni turkumlash imkoniyati;
- TMZ va AS lar kirimida kirim turi tanlash imkoniyati;
- TMZ va AS lar kirimida QQSni hisobga olish mexanizmi;
- debetor va kreditorlar hisobini shartnoma kesimida yuritish imkoniyati;
- markazlashgan tartibda ish vaqti grafigini belgilash;
- jismoniy shaxslar yagona bazasi;
- kadrlar moduli;
- boshqaruv modulida Respublika miqiyosida moliyaviy ko‘rsatkichlar tahlil qilish uchun DASHBORD;
- server uskunalari holatini nazorat va monitoring qilish imkoniyati DASHBORD
 

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Иir STIRlik ikki hil hisobdafaoliyat yurituvchi tashkilotni hisobini jamlash imkoniyati
  • opportunity icon Dasturning balans qismiga 5-MOni jo‘natish amaliyotini cheklash
  • opportunity icon Kontragentlar ma’lumotlarini birlamchi manbalardan olish imkoniyati, nomoliyaviy aktivlar xarakati hisobining avtomatik ravishda shakilanishi, budjetdan tashqari mablag‘lar hisoborlarida tushumlar
  • opportunity icon Har bir hujjatni g'azna hisobi kesimida yuritish imkoniyati, billing.edu.uz hamda HEMIS tizimlari bilan talabalar bo‘yicha ma’lumotlar almashish
  • opportunity icon Budjet va budjetdan tashqari to‘lovlar hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan BILLING tizimi
  • opportunity icon Уlektron hujjat almashish operatoridan hisobvaraq faktura ma’lumotlarini olish