ATTO ilovasi - jamoat transportida naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan tizim hisoblanadi. Ilovada transport hizmatlaridan foydalanish uchun qo‘shimcha qulayliklar, ya’ni avtobuslar harakat jadvallarini ko‘rish, metropoliten xaritasini ko‘rish, skuterlar ijarasi va joylashuvi ma’lumoti, metropolitenda biometrik to‘lov xizmatidan foydalanish (faceID pay) imkoniyatlari yaratilgan.
- naqdsiz to‘lovlar ko‘lami va qamrovi statistikasini yuritish;
- jamoat transporti yo‘l haqi uchun turli usulli naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish;
- avtobuslar harakat jadvallarini ko‘rish.
Ilovada ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish uchun PIN kod va bir martalik tekshirish kodini kiritish zarur. Qo‘shimcha tarzda akkauntga kirish uchun faceID orqali kirishni sozlash mumkin.