“Subsidiya” dasturiy majmuasi - Fuqarolarga davlat budjetidan to‘lanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning oshkoraligini taʼminlash, shuningdek, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini olish hamda yuzaga kelgan muammolar to‘g‘risida bevosita masʼul mansabdor shaxslarga va fuqarolarga xabar berish etib belgilanganligi qayd etildi.
Ushbu elektron platforma fuqarolarimizga Davlat budjetidan to‘lanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning oshkoraligini taʼminlash bilan bir qatorda, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini olish hamda yuzaga kelgan muammolar to‘g‘risida bevosita masʼul mansabdor shaxslarga va fuqarolarga xabar berish imkoniyatini yaratadi. O‘rganishlar natijasi bo‘yicha subsidiyalarni ajratish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflarni kiritish.
Bunda: maqsadsiz sarflangan subsidiya, kompensatsiya va grantlarni byudjetga qaytarish; natijadorligi past bo‘lgan subsidiya va kompensatsiyalarni maqbullashtirish; subsidiya taqsimlovchilar tomonidan faqat haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘lar ajratishni joriy qilish. AT “Subsidiya” hisobini elektron yuritish va tegishli hisobotlarni shakllantirishga sarflanadigan vaqtni 70% qisqartirish; AT “Subsidiya” elektron qabul qilish jarayonini 80% raqamlashtirish.
Ijrochini tanlash va shartnoma tuzish. Platforma orqali subsidiyalarni ajratish uchun arizalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, to‘lab berish va hisobini yuritish tizimini joriy qilish. Cubsidiyalarni ajratish faqat yagona elektron platforma orqali ajratilishini joriy etish. 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab ayrim toifadagi subsidiyalarni ajratish faqat yagona elektron platforma orqali ajratilishini joriy etish. Subsidiya hajmini avtomatik tarzda hisoblashni joriy etish uchun “Soliq.uz”, “UzASBO” hamda korxonalarining axborot tizimlari bilan maʼlumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish. Idoralarga ajratilgan subsidiyalarning maqsadli va samarali sarflanishini dastur asosida o‘rganish.
ONEID orqali
ERI orqali amalga oshiriladi
Login va Parol