Axborot tizimining samaradorliklari:
- O‘quvchi va professional taʼlim muassasasi oʼrtasidagi toʼlov shartnoma maʼlumotlarini toʼliq elektron shaklga oʼtkazish;
- Professional taʼlim muassasalarining real vaqt koʼrinishida o‘quvchilar kesimida moliyaviy koʼrsatkichlarini tahlil qilish;
- Toʼlov-kontrakt boʼyicha o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning hisobini faqatgina ishonchli boʼlgan bir axborot dasturidan boshqarilishini taʼminlash;
- Moliyaviy jarayonlar nazorat darajasini oshirish;
- Elektron davlat xizmatlarini koʼrsatish koʼlamini kengaytirish;
- Qogʼoz hujjat aylanishini oʼrtacha 80% ga kamaytirish;
- O‘quvchilarning sarf-xarajatlarning 60% tejalishiga erishish;
- Nazoratni kuchaytirish va ijro intizomini darajasini 75% ga oshirish;
- Hisob-kitob ishlarini yuritishni osonlashtirish, maʼlumotlarning uzluksizligi, aniqligi, toʼliqligi, ishonchligi va tezkorligiga erishish;
- Hisob-kitob ishlarini yuritish bilan shugʼullanuvchi ishchi kuchi, aloqa, transport, qogʼoz va boshqa turdagi sarf-xarajatlarning kamida 50% ga tejalishiga erishish.
- O‘quvchilarning toʼlov-kontrakt shartnomalarini olish uchun elektron ariza shakllantirish;
- Mablagʼlar hisobotlarini yuritish;
- O‘quvchilar uchun elektron shartnomalar rasmiylashtirishda qulayliklar yaratish va axborot tizimida yuritilishiga xizmat qilish;
- Elektron arizalar boʼyicha murojaatlarni har bir Professional taʼlim muassasalari kesimida alohida koʼrib chiqish va yuklab olish imkoniyatini yaratish;
- Shartnomaning summasini boʼlib toʼlash imkoniyatini yaratish;
- Koʼp tomonlama shartnoma imzolangan taqdirda elektron hisobvaraq faktura shakllantirish.
Axborot tizimi xizmatlaridan foydalanish uchun qisqa sms-parol orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratilgan.