olimpiada.edu.uz tizimi bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida olimpiada o’tkazish uchun xizmat qilishi bilan bir qatorda talabalar o’rtasida akademik raqobat darajasini oshirishga yordam beradi.
Tizim orqali olimpiada 2 bosqichda tashkil etiladi:
1. Test savollari
2. Og’zaki savol-javob
Olimpiada tizimida talabgorlar tegishli fan bo’yicha ro’yxatdan o’tishadi hamda olimpiadada qatnashishlari mumkin bo’ladi.
Birinchi bosqichdan muvaffaqqiyatli o’tgan talabalarni aniqlash tizim tomonidan avtomat aniqlanadi hamda g’oliblarni aniqlashda shaffoflikni ta’minlaydi.
- bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida onlayn olimpiada o‘tkazish;
- “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
- I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblarni aniqlash va rag‘batlantirish jarayonlarini raqamlashtirish;
- talabalar bilimini chuqurlashtirish, ilm-fan sohasida ta’limni ommalashtirish va targ‘ib qilish.
Axborot tizimi xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim