solution icon
Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga kirish uchun onlayn ariza topshirish axborot tizimi
Axborot tizimi Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga abituriyentlardan onlayn ravishda arizalar va hujjatlarni qabul qilish uchun moʻljallangan magistr.edu.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Magistraturaga kirish uchun onlayn ariza yuborish
  • advantage icon Arizalarni ko‘rib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish
  • advantage icon Yakuniy natijalarni onlayn taqdim etish
Loyiha haqida

Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga kirish istagini bildirgan abituriyentlardan onlayn ravishda DXM, YAIDXP yoki magistr.edu.uz sayti orqali arizalar va hujjatlarni qabul qilish, maʼlumotlarni yagona bazaga jamlash hamda monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali  davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirish, qabul komissiyalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashdan iborat.

Axborot tizimining maqsad va vazifalari

-    abituriyentlarning arizalarini qayd qilish (arizalarni shakllantirish va tegishli hujjatlarni ilova qilish); 
-    abituriyentlarning arizalarini qabul qilish (OTM qabul komissiyasi tomonidan arizalarni koʻrib chiqish, qabul qilish yoki rad etish);
-    abituriyentlarning maʼlumotlar bazasini yaratish (respublikaning barcha OTMlari abituriyentlarining yagona maʼlumotlar bazasini yaratish);
-    magistratura mutaxassisliklari va ularga muvofiq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yaratish;
-    magistratura qabul kvotalarini kiritish (OTMlar va mutaxassisliklar kesimida magistratura qabul kvotalarini shakllantirish);
-    Natijalarni qayd etish (OTMlar kesimida natijalarni shakllantirish);
-    abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish (OTMlarning qabul kvotalaridan kelib chiqib talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar roʻyxatini shakllantirish);
-    statistik maʼlumotlar va hisobotlarni yaratish (respublika va OTMlar kesimida arizalar statistikasi, qabul kvotalari, imtihon fanlari roʻyxati va imtihonlar natijalarini shakllantirish).
 

Axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish

Yagona ta’lim xizmatlari portali xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Shuningdek, qisqa sms-parol orqali ro‘xatdan o‘tish imkoni yaratilgan.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasi uchun onlayn hujjat topshirish
  • opportunity icon Statistik maʼlumotlar va hisobotlarni ko‘rish (respublika va OTMlar kesimida arizalar statistikasi, qabul kvotalari va boshqalar).
  • opportunity icon Ariza holatini kuzatib borish
  • opportunity icon Ariza ma’lumotlarini onlayn yuklab olish
  • opportunity icon Yakuniy natijalarni ko’rish