solution icon
“Agroplatforma” axborot tizimi
Mazkur axborot tizimini joriy etish orqali ekin ekishdan boshlab hosil yig‘ib terib olingungacha bo‘lgan zanjirda amalga oshiriladigan barcha agrotexnik tadbirlarni tartibga soluchi yagona davlat axborot tizimi agroplatforma.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Imtiyozli kreditlarni tizim orqali olish imkoniyati
  • advantage icon Mahsulotlari yetishtiruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar o‘rtasida elektron hujjat aylanmasi
  • advantage icon Kredit shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni tizimda real vaqt rejimida ko‘rish imkoniyati
Loyiha haqida

Bugungi kunda, agrar sohada o‘nlab axborot va geoaxborot tizimlari joriy etilgan bo‘lib, “Agroplatforma” axborot tizimi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ulligida yaratilgan yana bir muhim raqamlashtirish loyihalaridan biri hisoblanadi. Mazkur axborot tizimini joriy etish orqali ekin ekishdan boshlab hosil yig‘ib terib olingungacha bo‘lgan zanjirda amalga oshiriladigan barcha agrotexnik tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish, elektron tizim yordamida qog‘oz ko‘rinishidagi hujjat almashuvidan voz kechish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda. Bunda, yaratilayotgan tizimdan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilar uchun imtiyozli kreditlarni qulay tarzda ajratish, xavf-xatarlarni sug‘urtalash, shartnomalarni elektron rasmiylashtirish, texnikalarni lizingga olishda foydalaniladi, shuningdek moliyalashtirish jarayonlarining shaffofligi oshiriladi.

“Agroplatforma” yagona davlat axborot tizimi – “Bir darcha” tamoyili asosida ishlab chiqilgan hamda fermer xo‘jaliklariga paxta, g‘alla va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, sug‘urtalash, lizing asosida texnika sotib olish va agrotexnik tadbirlarni amalga oishirishda taʼminot va xizmatlarini ko‘rsatishni taʼminlovchi elektron tizim.

Tizimning maqsad va vazifalari

-paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini raqamlashtirish;
-qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish;
-qishloq xo ' jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarning yagona reestrini yaratish;
-qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar hamda tayyorlov, ta'minot hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga Yagona nuqtadan turib shartnomalarni elektron imzolash, buyurtmalar berish, kredit olish uchun zarur hujjatlar taqdim imkoniyatini yaratish.

Agroplatformadan ro‘yxatdan o‘tish

Agroplatforma xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, yuridik shaxsning ERI kaliti orqali kiriladi va tizimda ushbu kalit bog‘langan jismoniy shaxs va fermer xo‘jaligi yoki boshqa tashikilot nomi kelib chiqadi. Shundan so‘ng agar foydalanuvchi fermer xo‘jaligi bo‘lsa sahifadan fermer xo‘jaligi bosiladi va yangi hosil bo‘lgan sahifada agroplatforma foydalanish shartlari bilan tanishdim tugmasini bosadi. Natijada ro‘yxatdan o‘tish sahifasi hosil bo‘ladi va foydalanuvchi o‘zining ma’lumotlarini kiritib, “ma’lumotlarni saqlash” tugmasini bosadi. Shundan so‘ng foydalanuvchi ma’lumotlarini to‘g‘riligini tekshirib, ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Shundan so‘ng ommaviy oferta shartnomasi hosil bo‘ladi va foydalanuvchi oferta shartlari bilan tanishib, o‘zining ERI kaliti bilan imzolaydi. Oferta muvaffaqiyatli imzolangandan so‘ng “ortga qaytish” tugmasi bosiladi va yana bir bor ma‘lumotlarni to‘g‘riligini tekshirish sahifasida ma’lumotlarni saqlash tugmasi bosiladi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish
  • opportunity icon Mahsulot yetishtiruvchilarning kelgusi yil hosili uchun ekinlarni oqilona joylashtirish bo‘yicha takliflari elektron xaritada aks ettiriladi va tasdiqlanadi
  • opportunity icon Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar o‘rtasida hujjat aylanishi elektron shaklga o‘tkaziladi
  • opportunity icon Kredit shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni “Agroplatforma” AT orqali real vaqt rejimida ko‘rish imkoniyati yaratiladi
  • opportunity icon Arizalar, fyuchers shartnomalari, kredit shartnomalari, sug‘urta polislari, buyurtmanomalar va dalolatnomalarni identifikatsiyalash hamda raqamlashtirish “Agroplatforma” AT orqali amalga oshiriladi
  • opportunity icon Mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi