“Agrosubsidiya” yagona axborot tizimi orqali bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga subsidiyalash xizmatlari ko‘rsatiladi. Jumladan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, quduqlarni burg‘ilash, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi, vinochilik, uzumchilik va boshqalar. Subsidiya olish uchun elektron tarzda maʼlumotlarni kiritish, zarur hujjatlarni biriktirish va ERI orqali tasdiqlash orqali ariza yuborish kifoya.
Tizimning asosiy maqsadi agrosanoat majmuiga taalluqli subsidiyalarni berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Tizimning asosiy vazifalari:
– subsidiya to‘g‘risida ochiq va shaffof statistika maʼlumotlarini hamda ularning yagona elektron arxivini shakllantirish;
– subsidiyalash xizmatlari o‘z vaqtida ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat olib borish.
Tizimdan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) ro‘yxatdan o‘tishlar lozim bo‘ladi.