solution icon
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” integratsion platformasi
Agrosanoat majmui axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining o‘zaro ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan yagona axborot maydoni integratsion.agro.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Agrar sohadagi interaktiv xizmatlardan yagona nuqtadan foydalanish imkoni
  • advantage icon Agrar sohada zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi
  • advantage icon 20 dan ortiq idoralar axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan elektron ma’lumot alamshinuvi
Loyiha haqida

Platforma orqali agrar sohadagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga xizmatlar ko‘rsatiladi. Jumladan, yer va suv resurslaridan foydalanish, qishloq xo’jaligi texnikasi, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi, vinochilik, uzumchilik, urug’chilik va boshqalar. Xizmatlardan foydalanish uchun elektron tarzda maʼlumotlarni kiritish, zarur hujjatlarni biriktirish va ERI orqali tasdiqlash orqali ariza yuborish kifoya.

Tizimning maqsad va vazifalari

Agrar sohadagi axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari ma’lumot almashinuvini hamda ma’lumotlar ishonchliligini ta’minlash.

Tizimdan ro‘yxatdan o‘tish

Tizimdan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) ro‘yxatdan o‘tish lozim bo‘ladi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Arizalar ko‘rib chiqilishi holatini onlayn kuzatib borish
  • opportunity icon SMS-xabarnoma xizmatidan foydalanish
  • opportunity icon Agrosanoat majmuidagi axborot tizimlari statistika ma’lumotlari bilan yagon anuqtadan tanishish
  • opportunity icon 24/7 call-markaz va onlayn-maslahat olish
  • opportunity icon Mobil ilovadan foydalanish