O‘rmon xo‘jaligi hisobini yuritish axborot tizimi – o‘rmon xo‘jaligi sohasida hisobotlarni elektron yuritish ichki axborot tizimi hisoblanadi.
Tizim orqali moliyaviy hisobotlar, ko‘chatchilik, o‘rmon barpo qilish, o‘rmondan qo‘shimcha foydalanish hisobotlari yuritiladi. Ushbu tizimni yaratish orqali o‘rmon xo‘jaligi sohasida vaqt unumdorligi oshirildi, ya’ni hisobotlarga ketadigan vaqt sarfi 80 foizga qisqartirildi.
- soha faoliyatini raqamlashtirish;
- hisobot shakllarini onlayn nazorat qilib borish;
- ko‘chatlar hisobini yuritish;
- urug‘ yetishtirish hisobini yuritish;
- yaylov hisobini yuritish;
- o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobini yuritish.
Yagona portal xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug’ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.