solution icon
Yagona ta’lim xizmatlari portali
Bu barcha ta’lim xizmatlarini o‘zida jamlagan platforma bo‘lib, axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvini tashkil etish uchun tizimlararo integratsiya hisoblanadi my.edu.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ariza yuborish
  • advantage icon Shaxsiy portfolioni yaratish
  • advantage icon Ko‘plab ta’lim xizmatlaridan foydalanish
Loyiha haqida

 O‘quvchilar va talabalarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha vaqt sarfi, transport harajatlari, byurokratik to‘siqlar, qog‘ozbozlik va boshqa turdagi muammolarga yagona yechim sifatida yagona ta’lim xizmatlari platformasini ko‘rsatish mumkin. Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga va oliy ta’lim muassasalari talabalariga elektron ko‘rinishdagi xizmatlarni ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish hamda yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida bir qator ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish ham yagona ta’lim xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi hamda ta’lim jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi. 

Portalning maqsad va vazifalari

-    Ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘quvchilardan va talabalardan onlayn ravishda arizalar va hujjatlarni qabul qilish, maʼlumotlarni yagona bazaga jamlash hamda monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish;
-    davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish;
-    davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirish, qabul komissiyalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
-    topshirilgan arizalarni koʻrib chiqish, roʻyxatdan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish;
-    davlat boshqaruv organlariga tezkor statistik hisobotlarni berish.

Portalda ro‘yxatdan o‘tish

Yagona ta’lim xizmatlari portali xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Shuningdek, qisqa sms-parol orqali ro‘xatdan o‘tish imkoni yaratilgan.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Akademik litsey taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnashish uchun onlayn hujjat topshirish
  • opportunity icon Kasb-hunar maktablariga kirish imtihonlarida qatnashish uchun onlayn hujjat topshirish
  • opportunity icon Ikkinchi mutaxassislik uchun oliy taʼlim muassasalariga onlayn hujjat topshirish
  • opportunity icon Chet tili sertifikatini onlayn tasdiqlash
  • opportunity icon Akademik ma’lumotnoma olish
  • opportunity icon Qayta tayyorlash malaka sertifikatini yuklab olish
  • opportunity icon O'quv adabiyotini ekspertizadan o'tkazish va nashr guvohnomasini olish