Axborot tizimini yaratishdan maqsad ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reestridagi ochiq ma’lumotlarni Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi orqali davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalariga, jismoniy va boshqa yuridik shaxslarga taqdim etish. Axborot tizimining vazifasi 2 yo‘nalishda, ya’ni davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalariga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga Elektron hamkorlik moduli (veb-servis) asosida xizmatlar ko‘rsatish va texnologik yo‘riqnomalar asosida integratsiya qilish yo‘li bilan ma’lumotlarni taqdim qilishdan iborat.
Milliy geoaxborot portal xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.