Davlat reyestridan mavjud koʻchirmani yuklab olish uchun mulkdor o‘zining shaxsiy kabineti orqali bosh sahifada joylashgan qidiruv paneliga koʻchmas mulk obyektining kadastr raqamini kiritadi, soʻngra rasmda paydo boʻlgan kodni kiritib, izlash tugmasi bosiladi. Izlash tugmasini bosganda koʻchmas mulk obʼekti haqidagi aks etgan maydon vujudga keladi, bu еrdan koʻchirmani yuklab olish degan tugmani bosib tegishli ko'chirmani yuklab olish mumkin.
Davlat Reestridan berilgan ma’lumotnomada har qanday turdagi ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
📍Ko‘chmas mulk obyektini ro‘yxatga olish vaqtida biriktirilgan noyob kadastr raqami va aniq joylashgan manzili.
📆Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq va huquq ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana.
👨👩👧👦Obyekt egalari soni va ularning ismi-sharifi.
🚫Ta’qiq mavjud/mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (garov, xatlash va hokazo.).
Ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ma’lumotnoma oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, vasiyatnoma va boshqa shartnomalarni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladi.