solution icon
Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi
OLIY TA’LIM JARAYONLARINI BOSHQARISH (HEMIS axborot tizimi) hemis.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Ma’muriy boshqaruv
  • advantage icon O‘quv jarayoni
  • advantage icon Ilmiy faoliyat
Loyiha haqida

 Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimining (HEMIS) yaratilishi universitetning maʼmuriy, oʻquv va ilmiy faoliyatini avtomatlashtirish, oʻqituvchilar va talabalar uchun zamonaviy elektron xizmatlarni taqdim etish, universitetning axborot-taʼlim korporativ portalini yaratish imkonini beradi. Yagona portal yordamida uydan chiqmasdan elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.
HEMIS portali talabalarga, ota-onalarga va boshqa manfaatdor tomonlarga taʼlimiy axborot xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan quyidagi axborot tizimlarini birlashtirishga xizmat qiladi.
MFB AT - maʼmuriy faoliyatni boshqarish axborot tizimi;
OʻJB AT - oʻquv jarayonini boshqarishning axborot tizimi;
IFB AT - ilmiy faoliyatni boshqarish axborot tizimi.

Tizimning maqsad va vazifalari

•    Talabalar kontingentining hisobi va monitoringini yuritish (fakultetlar, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassislik va akademik guruhlar kesimida);
•    Professor-oʻqituvchilar kontingentining hisobi va monitoringini yuritish (fakultetlar, kafedralar va fanlar kesimida);
•    Oʻquv jarayonini tashkil etish (oʻquv yili, oʻquv semestrlari, bakalavriat va magistratura oʻquv dasturlari, talabalarning akademik guruhlari uchun dars jadvali);
•    Talabalar davomati monitoringi (fanlar, mashgʻulot turlari, oʻqituvchilar, sinf jadvallari va elektron jurnal);
•    Talabalarning fanlar boʻyicha oʻzlashtirish monitoringi (oʻquv reja va fanlar, oraliq va yakuniy imtihonlar jadvali, reyting varaqasi, elektron reyting daftarchasi);
•    Toʻlov-shartnoma boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovlar hisobi (shartnomalar va hisob varaqalarni roʻyxatga olish, pul tushumlarini hisobga olish, maʼlumotnomalar taqdim etish);
•    Oʻquv jarayoni boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni shakllantirish va hisobga olish (qabul toʻgʻrisidagi buyruqlar, oʻqishni koʻchirish, tiklash va talabalar safidan chetlashtirish, stipendiyalar berish boʻyicha buyruqlar, maʼmuriy jazo choralari boʻyicha buyruqlar);
•    Taʼlim jarayoni boʻyicha elektron hisobotlarni shakllantirish (kontingent, davomat, oʻzlashtirish, roʻyxatga olish, oʻqishni koʻchirish va talabalar safidan chetlashtirish);
•    Interaktiv onlayn xizmatlarni taqdim etish (universitet rahbariyati, talabalar, oʻqituvchilar, ota-onalar va davlat idoralari xodimlari uchun).

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish

HEMIS axborot tizimida OTMda faoliyat olib borayotgan xodimlar va professor-o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirish Kadrlar bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalar ro‘yxatini shakllantirish Dekanat tomonidan amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilar tizimda HEMIS ID raqami hamda tegishli paroli yordamida avtorizatsiyadan o‘tishadi  
 

Axborot tizimining mobil ilovasi

Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish talabalarning ilmiy faoliyatini boshqarish, o‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va talabalari kontingentini saqlash hamda talabalar, o‘qituvchilar, ota-onalar va davlat organlari uchun elektron interaktiv ta’lim xizmatlarini tashkil etish imkonini beradi.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Reyting daftarchasini onlayn yuklab olish
  • opportunity icon Akademik ma’lumotnoma olish
  • opportunity icon Talabalar davomatini ko‘rish
  • opportunity icon Turli xil statistik ma’lumotlarni olish