solution icon
“Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchisi” mobil ilovasi
Mobil ilova aholini turli xil favqulodda vaziyatlarda qisqa fursatlarda ogohlantirish uchun samarali yechimlardan biri hisoblanadi fvv.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Android IOS tizimida ishlash hamda tezkor xizmatlar bo‘yicha ma’lumotlar olish va qisqa raqamlarga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish
  • advantage icon Sodir bo‘lgan Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tezkor ma’lumot yetkazish
  • advantage icon Qiziqarli testlar yechish orqali bilim va ko‘nikmalarni oshirish imkoniyatlari mavjudligi
Loyiha haqida

Mobil ilova Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aholiga favqulodda vaziyatlardan barvaqt  ogohlantirish hamda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborot yetkazish yo‘nalishida foydalaniladi.

Mazkur mobil ilova imkoniyatlari orqali aholinining turli xil favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida ogohlantirilish hamda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borilishiga erishiladi.
Shuningdek, soha yo‘nalishi bo‘yicha mobil ilovaga qo‘shimcha funksiyalar joriy etish orqali doimiy takomillashtirilb boriladi.
 

Mobil ilovaning maqsad va vazifalari

-  aholini turli xil favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida ogohlantirish;
- axolini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish;
- aholi tomonidan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tezkor axborot (yangiliklar) olishlarini ta’minlash;
- aholi tomonidan tezkor xizmatlarning qisqa va ishonch telefon raqamlari va ularga berilgan qisqacha ma’lumotlar bilan tanishish.
 

Mobil ilovadan ro‘yxatdan o‘tish

Mobil ilovadan foydalanish uchun  ro‘yxatdan (avtorizatsiya) o‘tish lozim. Buning uchun foydalanuvchidan F.I.Sh, yashash hududi va telefon raqamini kiritishi talab etiladi.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish
  • opportunity icon Interaktiv karta orqali seysmik stansiyalar joylashuvi hamda respublika bo‘yicha ob-havo, zaruriyatga asosan sel-suv toshqin yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishish
  • opportunity icon Favqulodda vaziyatlar xususyatlari bo‘yicha ensiklopediyalar orqali tasniflari bilan tanishish
  • opportunity icon Favqulodda vaziyatlar to‘g‘ri xarakat qilish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishish
  • opportunity icon Qiziqarli testlar yechish orqali bilim va ko‘nikmalarni oshirish
  • opportunity icon Favqulodda vaziyatlar vazirligi qisqa raqamlari va ishonch telefon raqamlariga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish