solution icon
“Maktab.uz” masofaviy ta’lim platformasi
Platforma masofaviy ta’lim jarayonini amaliyotga keng joriy etish, ta’lim berishda innovatsion shakl va usullaridan samarali foydalanish, sinflar kesimida barcha mavzular bo‘yicha videodarslar bazasini yaratish maqsadida ishlab kelmoqda maktab.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Onlayn videodarslar ko‘rish
  • advantage icon Mavzuga oid test jarayonlaridan o‘tish
Loyiha haqida

“Maktab.uz” masofaviy ta’lim platformasi- Xalq ta’lim tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari, o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari.
O‘quvchilar tomonidan maktabda ma’lum bir sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan yoki qabuli qilinishi murakkab bo‘layotgan darslar to‘g‘risida takroran ma’lumot olish imkoniyatini yaratish;
Pandemiya tufayli joriy qilingan karantin cheklovlari bois uy sharoitida ta’lim olayotgan bolalarga qulayliklar yaratish;
Maktablarda vaqtincha o‘qituvchilar yetishmasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish;
O‘qituvchilar hamkasblari tomonidan tashkil qilinayotgan ochiq darslarda masofadan turib qatnashish
 

Platformaning maqsad va vazifalari

- Umumta’lim maktablaridagi o‘quv materiallarini chuqur o‘rganishga va ularni takrorlashga imkoniyat yaratish, bosqichma-bosqich fanlar, shu bilan birga, sinflar kesimida barcha mavzular bo‘yicha videodarslar bazasini yaratish;
- O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi murakkab bo‘lgan mavzularni kengroq yoritib berish, darsliklarga qo‘shimcha tarzda foydali ma’lumotlarni berib borish, shuningdek, ota-onalarga mavzu mazmunlarini anglashlari uchun taqdimot (prezentatsiya)larni o‘z vaqtida sifatli ravishda ishlab chiqish, mavzularni qo‘shimcha ravishda o‘zlashtirish mo‘ljallangan platforma yaratish;
- O‘qituvchilar hamkasblari tomonidan tashkil qilinayotgan ochiq darslarda masofadan turib qatnashish imkoniyatini yaratish;
- Ota-onalar tomonidan farzandlariga maktabda qanday ta’lim olayotganliklarini kuzatib borish imkoniyatini yaratish;
-  Maktablarda turli sabablarga ko‘ra vaqtincha o‘qituvchilar yetishmasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish.

Platformada ro‘yxatdan o‘tish

Umumta’lim maktab o‘quvchilari platformaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatiga egalar. Shuningdek, qolgan foydalanuvchilar ham tizim administratori tomonidan yaratilgan maxsus login va parollar orqali kirishlari mumkin.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Videodarsliklarni ko‘rish
  • opportunity icon Mavzuga oid taqdimotlarni yuklab olish
  • opportunity icon Uy vazifalari to‘g‘risida bildirishnomalarni olish
  • opportunity icon Natijalarni nazorat qilish