solution icon
Jamoaviy murojaatlar portali
“Mening fikrim” veb-portali mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yaratilgan meningfikrim.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Murojaat yuborish
  • advantage icon Joylangan murojaatlar bilan tanishish
  • advantage icon Joylangan murojaatlarga ovoz berish
  • advantage icon Jamoaviy murojaatlarning holati va amalga oshirilish natijalari haqida ma'lumot olish
Mening fikrim veb portali

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 35-moddasiga asosan har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabr' kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qilish, buning uchun zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, jumladan, Internet tarmog‘ida maxsus “maydon”lar yaratishi zarurligini ta'kidlab o‘tgan edilar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF–5308-son Qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 34-bandida “Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tartibini joriy etish belgilangan.

“Mening fikrim” veb-portali mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligi, qabul qilinayotgan qonunlarning hayotiy va samarali bo‘lishini ta'minlash maqsadida yaratildi.

Mazkur veb-portal orqali Siz davlat va jamiyat ahamiyatiga molik muhim masalalar yuzasidan qonunchilikka takliflaringizni elektron jamoaviy murojaat shaklida yuborishingiz mumkin.

Yuborilgan elektron jamoaviy murojaat tizim moderatori – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng veb-portalda e'lon qilinadi.

Sizning elektron jamoaviy murojaatingiz jamoatchilik tomonidan yetarli miqdorda qo‘llab-quvvatlanganda u tegishliligi bo‘yicha Oliy Majlis palatalari yoki xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ushbu veb-portal Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator "UZINFOCOM” – mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqildi.

Portalning maqsad va vazifalari

Xalq, parlament va mahalliy Kengashlar tashabbusi bilan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ko‘rib chiqishning samarali mexanizmini yaratish;
- fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
- respublikaning eng dolzarb muammolari bo'yicha statistik ma'lumotlarni to'plash;
- har bir fuqaroning ijtimoiy mavqei, jinsi, tili, dini, millatidan qat'i nazar, dolzarb muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ovoz berish imkoniyatini yaratish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash va ularning fuqarolar bilan o'zaro hamkorligini ta'minlash;
- “Xalq bilan muloqot” orqali samarali va xalqparvar qonunlarni qabul qilish;
- qonun hujjatlariga takliflar kiritish;
– Takliflarning 90 kunlik jamoatchilik muhokamasi belgilangan

Portalda ro‘yxatdan o‘tish

Istalgan shaxs id.gov.uz yoki Google, Yandex, VKontakte, Mail.ru va Odnoklassniki xizmatlari orqali avtorizatsiya bilan ovoz berishi mumkin.

Статистика

 

 

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Avtorizasiya va murojaatni yaratish
  • opportunity icon Ekspertiza va elektron murojaatni joylash
  • opportunity icon Murojaatga ovoz berish
  • opportunity icon Murojaatni ko‘rib chiqish