Loyiha fuqarolarni yoʻl harakati toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ularning transport vositalariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz vaqtida olishlari, shuningdek, fuqrao va subyektlarga tegishli transport vositalar bilan bog’liq davlat xizmatlarini foydalanish, avtotransport oynasi tusini o’zgartirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, tiklash bo’yicha onlayn xizmati ko’rsatish hamda transport davlat raqam belgisini almashtirish, o’tkazish, saqlovdagi holatini ko’rish, haridorgir avtoraqamlarga buyurtma berishdan iborat.
• aholini yo'l-transport hodisalari manbalari to'g'risida tezkor ma'lumot bilan interaktiv shaklda xabardor qilish;
• Avtotransport vositalari haydovchilariga ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan chiqarilgan jarima qarorlari mavjudligi to'g'risida ma'lumot olish, to'lash va to'langan jarimalar tarixini olish imkoniyatini yaratish;
• Elektron xaritalarda belgi va yo'l-transport hodisa bo’lgan joylardagi ma'lumotni ko’rish imkoniyatini yaratish;
• transport vositalari egalarini qabul qilingan ruxsatnomalarni olish muddatlari va hujjatlarning amal qilish muddati to‘g‘risida xabardor qilish;
• jismoniy va yuridik shaxslarga yo‘l harakati qoidalarining aniqlangan buzilishlari va yo‘l infratuzilmasiga yetkazilgan zararlar to‘g‘risidagi videoyozuvlarni joylashtirish imkoniyatini yaratish;
• yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to'g'risidagi xabarlarni olish va jarimalarni to'lash bo'yicha tranzaksiya xizmatlarini ko'rsatish.
• yagona statistik axborot tizimini yanada takomillashtirishni ta'minlash;
• ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma'muriy huquqbuzarlik tufayli ma'naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar ko'rgan shaxslarni tizimli tahlil qilishni tezkorlik bilan amalga oshirish;
Umuman olganda avtomototransport vositalariga oid davlat xizmatlari online shaklda fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish
Road24 mobil ilovasi xizmatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchi telefon raqamiga kelib tushgan sms-xabar orqali avtorizatsiyadan o‘tishi talab etiladi.