Jamoatchilik fikri asosida shakllangan budjet (JFSHB) – mahalliy infratuzilmani rivojlantirish loyihalariga tuman/shahar budjetlari mablag‘larining bir qismini bevosita fuqarolarning tashabbusi asosida yo‘naltirishga asoslangan tizim.
Ochiq budjet axborot portali O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi axborotiga kirish va O‘zbekiston Respublikasida budjet jarayonini tashkil etish to‘g‘risida tegishli axborotni taqdim etishni maqsad qilgan.
Shuningdek, ushbu portal quyidagi vazifalarni bajaradi:
- budjet xarajatlarini tartibga solish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
- jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tumanlar va shaharlar budjetlarining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uchun taqdim etiladigan tadbirlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni joylashtirish;
- fuqarolarning murojaatlarini, shu jumladan budjet qonunchiligining buzilishi faktlarini xabardor qilish va budjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish imkoniyatlarini tashkil etish.
Tizimga kirish “Openbudjet”.uz saytidan ro‘yhatdan o‘tish shahsga doir ma‘lumotlar va telefon raqamni kiritib, Ikki faktorli avtorizatsiyadan o‘tish (SMS kod orqali). (ERI kaliti orqali) foydalanuvchi tomonidan login va parol tergan holda amalga oshiriladi.