solution icon
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali
Ushbu portal fuqarolarga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasida qatnashish imkoniyatini yaratadi regulation.gov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Fuqarolarni siyosiy qarorlar qabul qilishda ishtirokini ta’minlash
  • advantage icon Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining gender va antikorrupsiya ekspertizasini tashkil etish
  • advantage icon Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarni ishlab chiqishda jamoatchilik fikr-mulohazasini olish
  • advantage icon 24/7 rejimida, dunyoning istagan nuqtasidan turib muhokamada ishtirok etish imkoniyati
Loyiha haqida

Aholining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos belgisidir. Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari har bir fuqaroga davlat boshqaruvida ishtirok etishning deyarli barcha bosqichlarida qatnashish imkonini yaratib bera oladi, huquq ijodkorligi ham shular jumlasidandir.

Portalda davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatiga aloqador qonun hujjatlarining loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar joylashtirilib, ro‘yhatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilar mazkur hujjalar borasida o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratilgan. Keltirilgan takliflar qonun hujjati loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirgan davlat organ tomonidan o‘rganib chiqilib qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi.
Foydalanuvchilar joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlar borasida nafaqat moddama-modda o‘z takliflarini bildirishlari balki, mazkur hujjatlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib mahsus so‘rovnomani to‘ldirishlari ham mumkin. So‘rovnoma Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini va mazkur Portalni yanada rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Portalning maqsad va vazifalari

- muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud echimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;

- ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korruptsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash;

- tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qoidalarni aniqlash

Portaldan ro‘yxatdan o‘tish

Portal imkoniyatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak.

Статистика

 

Общее количество предложений

Общее количество предложений принято

 

Количество пользователей

 

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunt yordamida muhokamada ishtirok etish imkoniyati
  • opportunity icon Boshqa foydalanuvchilar tomonidan berilgan izohlarni qo’llab quvvatlash imkoniyati (like)
  • opportunity icon Foydalanuvchilar uchun maxsus kabinet mavjud
  • opportunity icon Har bir hujjatda gender va antikorrupsiya ekspertizasida ishtirok etish, shuningdek maxsus so’rovnoma formasi mavjud