Yagona elektron tizimi-erp.maktab.uz - Xalq ta’lim tizimini markazlashgan, avtomatlashtirilgan boshqaruvni, monitoring va rejalashtirish imkonini beruvchi tizim. Mazkur ERP tizimi orqali maktablar, sinflar, o‘quvchilar soni va o‘qituvchilarning tarifikatsiyasiga tegishli barcha ma’lumotlarning elektron bazasi.
Umumta’lim muassasasining pasporti, o‘quvchilar kontingenti, shtat birliklari, shundan band qilinganlari, xodimlar soni, ularning egallab turgan lavozimi, titul, ish haqi miqdori bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirilib tegishli ma’lumotlar bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya amalga oshirildi. Natijada jarayon uchun talab etiladigan vaqt 3 barobargacha qisqartirildi.
Maktablar soni, sinflar soni, o‘quvchilar soni, o‘qituvchilar soni, ularga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, soatlar setkasi, tabel, tarifikatsiya ro‘yxati bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni doimiy monitoring qilish, maktablarda ta’lim jarayonining shaffofligini oshirish, davlat byudjeti mablag‘larini tejash, elektron hisobot orqali qog‘oz hujjat aylanishini kamaytirish imkoniyatini yaratish.
Vazirlik tizimidagi maktablar va ta`lim berish litsenziyasiga ega xususiy ta`lim muassasalariga vazirlik tomonidan elektron kabinet ochib beriladi.