Atrof tabiiy muhit-bu uning tabiiy tarkibiy qismlari (atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqlar, yer osti boyliklari), inson hayoti, hayvonlar, o‘simliklar va boshqa tirik organizmlarning yashash sharoitlarini belgilaydigan landshaftlar va obektlar to‘plami.
Atrof muhitning ifloslanishi-bu ma'lum bir muhitga xos bo‘lmagan, tashqi tomondan kiritilgan fizik, kimyoviy yoki biologik reagentlarning ko‘payishi, ularning mavjudligi salbiy oqibatlarga olib keladi. Emissiya va chiqindilar mintaqaviy va global miqyosda atmosfera havosi, suv va tuproq ifloslanishining asosiy manbalari hisoblanadi.
Atrof-muhit holatini baholash ketma-ket kuzatuvlarni (davriy va joriy), o‘zgarishlarning yo‘nalishi va intensivligini umumlashtirish va tahlil qilish, olingan ko‘rsatkichlarni atrof-muhitning sifat holati standartlari bilan taqqoslash va mumkin bo‘lgan ekologik zararni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
- fuqarolarga havo, suv va tuproqning ifloslanishi to‘g‘risida yangi turdagi xizmatlarni taqdim etish;
- avtomatik stansiyalarda va ifloslanishni kuzatish punktlarida mavjud bo‘lgan tegishli atmosfera, suv va tuproq ma'lumotlarini taqdim etish;
- havo, suv va tuproq ifloslanganda fuqarolar, o‘simliklar va hayvonlarning sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatmaslik uchun foydali ma'lumotlar va tavsiyalar berish;
- ifloslanish o‘zgarishi dinamikasini grafikalar shaklida taqdim etish.
Ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Tizim barcha foydalanuvchilar uchun mutlaqo ochiq deb hisoblanadi