Tashkilotlar faoliyatida tegishli normativ huquqiy hujjatlarda tasdiqlangan davlat xizmatlari taqdim etilishini avtomatlashtirish(shu jumladan elektron shaklga o‘tkazish), ma”muriy jarayonlarni optimallashtirish, tashkilotlarning faoliyatini oshkorligi va ochiqligini oshirish, axborot xavfsizligini taʼminlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va foydalanish darajasini aniqlash va uni baholash uchun foydalaniladi. Baholash bir necha bo‘lim va ko‘rsatgichlarda amalga oshiriladi, har bir ijobiy ko‘rsatgich uchun muayyan ball(baho) beriladi. Baholash 100 ball tizimda o‘tkaziladi. Bunda 100 ball eng maksimal ko‘rsatgich hisoblanadi.
Baholash ko‘rsatgichlari 2 ta turda bo‘lib, birinchi turdagi ko‘rsatgichlar musibat qiymatga ega bo‘lib ularning ijobiy bajarilganligi uchun muayyan ball beriladi.
Ikkinchi turdagi ko‘rsatgichlar “Salbiy” hisoblanadi hamda ularni tasdiqlovchi omillar mavjudligi uchun muvofiq bo‘limlar/ko‘rsatgichlar bo‘yicha to‘plangan balldan jarima ballari ayirib tashlanadi
-Elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalarini rivojlantirish darajasini aniqlash;
-raqamlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va elektron hukumatni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish
-reyting baholashni shakllantirish
-davlat xizmatlarni ko‘rsatishda jamoatchilikni keng jalb qilish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, davlat xizmatlarini taqdim etishni elektron shaklga o‘tkazish tufayli ularni soddalashtirish va sarsongarchilikni bartaraf etish.
Reyting baholash foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug‘ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak hamda “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi”ga tashkilot tomonidan NIS.egov.uz axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritishga masʼul etib belgilangan xodim to‘g‘risidagi maʼlumotlarni rasmiy ravishda kiritiladi.