solution icon
RAQAMLI HUKUMATNING AXBOROT TIZIMLARI VA RESURSLARI YAGONA REYESTRI
Yagona reyestrga vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning axborot tizimlari va resurslari kiritiladi reestr.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Idoralararo o‘zaro taklif va e’tirozlar bildirish
  • advantage icon Kerakli hujjatlarni va ma’lumotlarni yuklash
Reestr haqida

Axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri - axborot tizimlari va resurslarining hisobini yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalari va dasturiy texnologiyalari, ularni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, reyestr mavjud axborot tizimlarining funksiyalarini takrorlaydigan axborot tizimlari ishlab chiqilishining oldini olishga yordam beradi. 

 

Yagona reyestrning maqsad va vazifalari

- loyihalarni boshqarish markazi (LBM) va loyiha ijrochilari o'rtasida o'zaro hamkorlik qilish uchun veb-interfeyslar va shakllar orqali ishtirokchilar uchun ochiq bo'lgan yagona axborot maydonini yaratish;

- kerakli parametrlarga ega loyihalar va amalga oshirilayotgan tizimlar reyestrini shakllantirish va boshqarish;

- loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan kalendar nazoratini ta’minlash, shu jumladan keyingi monitoringi;

- axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari va dasturiy mahsulotlarni ro'yxatga olish va hisobga olish;

- elektron hukumat loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish kursini tashkil etish;

             - ekspertiza o‘tkazishni nazorat qilish;

-ekspertiza holatini monitoring qilish;

            - ijrochilar va tashabbuskorlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tashkil etish.

Yagona reyestrdan ro‘yxatdan o‘tish

Yagona reyestr xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tish lozim. Buning uchun jismoniy shaxs tug'ilgan sanasini, pasport seriyasi va raqamini, elektron pochta manzilini va telefon raqamini kiritishi kerak

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Inson omilining 60% ga qisqarishi
  • opportunity icon Loyiha hujjatlarni joriy etish, ko'rib chiqish, tasdiqlash va tekshirish jarayonlarini avtomatlashtirish
  • opportunity icon Loyihalarni baholash jarayonida ishtirokchilarning bevosita o'zaro ta'siri tizimini ta’minlash
  • opportunity icon Qog‘ozli hujjat aylanishini 85% ga qisqartirish