Interaktiv xizmat - Yagona billing tizimiga ulanish uchun davlat xizmatining interaktiv versiyasiga ega bo'lish talab etiladi;
Davlat xizmatlari pasporti - Tizim integratori xizmat parametrlarini yaratish uchun xizmat pasportini taqdim etadi;
Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i - Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanish zarur;
G'aznachilik hisoblari - “Yagona darcha” markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovning 10 foizi vazirlik hisobiga o‘tkazilishi sababli Adliya vazirligining buxgalteriya hisobi xodimlari bilan tegishli g‘azna hisobvaraqlarini ochish bo‘yicha ishchi uchrashuv o‘tkazish zarur.
2017-yil - Yagona billing tizimi joriy etildi
2020-yil - Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish moduli va Yagona hisob-kitob tizimi ajratildi
2023-yil - Yagona billing tizimining yangi versiyasi ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2646-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 66-son qaroriga muvofiq “Yagona darcha” markazlarida ariza beruvchilar bilan munosabatlarni boshqarishning axborot tizimi va yagona billing tizimi” ishlab chiqilgan