OneID veb-saytlarga bir qator xizmatlarni taqdim etishda foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan login, parol, F.I.SH, JSHSHIR va hokazolarni oldindan OneIDda ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.
Veb-saytga kirish uchun foydalanuvchi OneIDdagi o‘z akkaunti login va parolini kiritishi kerak. Shundan so‘ng, tizim kiritilgan maʼlumotlarning muvofiqligini tekshiradi va autentifikatsiya natijasini foydalanuvchi identifikatori bilan birga qaytaradi. OneID veb-saytlarga bir martalik parol va elektron raqamli imzo yordamida foydalanuvchilarning qo‘shimcha autentifikatsiyasini amalga oshirish imkoniyatini ham beradi. Buning uchun so‘rov parametrlarida afzal topilgan autentifikatsiya turini ko‘rsatish kerak.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga barcha foydalanuvchilarni onson identifikatsiyadan o’tishini tashkil etishda qulaylik yaratish vazifasini bajaradi
Foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy maʼlumotlarini Yagona identifikatsiya tizimi - OneID-da, jumladan login, parol, F.I.Sh., JSHSHIR va hokazolarni biriktirgan holda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga egalar