solution icon
Yashil iqtisodiyot platformasi
«yashil» iqtisodiyot, uning qonunchilik bazasi, o‘tmish va kelajakdagi faoliyati, ilg‘or xalqaro tajribalar va «yashil» o‘sishning boshqa jihatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron platforma green.imv.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Provision of information on the country's climate and green economy – data, projects, reports, and more.
  • advantage icon Ability to monitor climate indicators and environmental initiatives.
  • advantage icon Raising environmental awareness and collecting public opinions.
  • advantage icon Providing analytics in the field of green economy and sustainable development
Maqsadi va vazifasi

 respublikaning yashil iqtisodiyotga doir ma’lumotlarini yig‘ish, ularni tahlil qilish va qayta ishlash, hamda yig‘ilgan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish;

   – yashil iqtisodiyotga doir faoliyatlar bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish va ma’lumot berish;

   – respublikada amalga oshirilayotgan yashil loyihalar bo‘yicha ma’lumot berish;

   – iqlim o‘zgarishiga doir ma’lumotlarni yig‘ish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va moslashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni monitoring va nazorat qilish;

   – respublikadagi issiqxona gazlari emissiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va natijalar bo‘yicha foydalanuvchilarga ma’lumot berish;

   – yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish bo‘yicha aholi va foydalanuvchilarni salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;

   – yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi sohasida tayyorlangan hisobotlarni to‘plash va foydalanuvchilarga taqdim etish;

   – yashil iqtisodiyot yo‘nalishida aholi va foydalanuvchilarning fikr va mulohazalarini to‘plash.

Loyiha haqida

Yashil iqtisodiyot platformasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan. Mazkur platforma mamlakatda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Platformaning faoliyati va nazorati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi tomonidan amalga oshiriladi.

Platforma bo’limlari

Bo’lim

Tavsifi

Yashil energiya sertifikati

Ushbu sertifikatlar atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan ma’lum miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligini tasdiqlash uchun ishlatiladi

Yashil o‘sish ko‘rsatkichlari

Bu ko‘rsatkichlar, insonlar, korxonalar, va davlatlar uchun yashil iqtisodiyotning natijalarini o‘rganish va tahlil qilishga yordam beradi

Issiqxona gazlari ajratmalari haqida ma’lumotlar

Monitoring, hisobot va tekshirish (MRV) tizimi doirasidagi mavjud hisobotlar

"Yashil" soliqqa tortish bo‘yicha milliy salohiyat hamda nazorat, monitoring va hisobot tizimi

Bu soliq tizimining qanday miqyosda “yashil”ligini kuzatib borish, jumladan “yashil” majburiy tushumlarning dinamikasi va “yashil” iqtisodiyot va energiyani rag'batlantirish uchun ishlatilgan soliq imtiyozlari miqdorini monitoring qilib borish uchun hamda milliy salohiyatni oshirib borish yuzasidan hisobot vositasi

Milliy uglerod birliklari reyestri

“Yashil” loyihalar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan, qisqartirilgan issiqxona gazlari emissiyasi hajmi va ishlab chiqiladigan verifikatsiyalangan uglerod birliklari hisobini yuritish, uglerod birliklari va ular bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi yuritiladigan ma'lumotlar bazasi

Yashil loyihalar

Bo‘limda mamlakatda amalga oshirilayotgan yashil loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berilgan

Yashil qonunchilik

Bo‘lim yashil iqtisodiyotga tegishli normativ huquqiy hujjatlar bilan tanishish imkonini beradi

Yashil islohotlar va ESG

Bo‘lim Energetika sohasidagi islohotlar doirasida erishilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumot beradi

Uglerod emissiyalari savdosi

Mazkur bo‘lim respublikadagi issiqxona gazlari emissiyalarining xalqaro va mahalliy savdosi bo‘yicha ma’lumot va xizmatlarni o‘z ichiga olgan.

 

 

Imkoniyatlari