solution icon
"Shaffof qurilish" onlayn platformasi
Qurilish sohasida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning oʼz vaqtida va samarali ijro etilishini tashkil etish va nazorat qilish monitoring.mc.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Obyektlar, pudratchi va yordamchi pudratchilar haqida maʼlumotlarni yigʻish
  • advantage icon Tizim qurilish jarayonini nazorat va monitoring qilish
  • advantage icon Bajarilgan ishlar to'g'risida oylik hisobotlarni yuritish
  • advantage icon Qurilish pudratchi tashkilotlarning umumiy reyitngini aniqlash
Loyiha haqida

Tizim quyidagilar uchun xizmat qiladi:

Davlatni rivojlantirish dasturi manbalari hisobiga amalga oshiriladigan shaharsozlik, loyiha-smeta, ishchi loyiha va ishchi hujjatlarning, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mablag’lari va jalb etilgan mablag‘lari hisobiga obyektlar qurilishining mustahkamlikka, yong’in va portlash xavfsizligi hamda shaharsozlik, ijtimoiy, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yoqilg‘i-energetika, xom ashyo va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi, loyiha yechimlarining amaldagi normativlar va standartlarga muvofiqligi yuzasidan belgilangan tartibda davlat ekspertizasi tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlash;
- arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlari darajasini oshirish;
- loyihalashtirish ishlarini va qurilish ishlab chiqarishini takomillashtirish hamda loyihalashtirish va shaharsozlik sohasidagi ilg’or tajribani o‘rganish va ommalashtirish;
- shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar o’rtasidagi shaharsozlik hujjatlariga oid kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish;

- Qurilish sohasida “Korruptsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning oʼz vaqtida va samarali ijro etilishini tashkil etish va nazorat qilish.
 

"Shaffof qurilish" onlayn platformasi

Obyektlarning manzilli dasturitegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan obyektlarning yillik manzilli royxati shakllantirilishinimalumotlar bazasini yangi qurilishrekonstruksiya va kapital tamirlash obyektlari boyicha turlarga bolib yuritilishini taminlash;

obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda hududiy yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi ishlarining amalga oshirilishibuyurtmachi bilan loyiha tashkiloti ortasida shartnoma tuzilishi va avans mablaglari ajratilishi hamda ishlar tugallanganligi togrisidagi aniq va ishonchli malumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilishi va yuritilishini taminlash;

loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan otkazishda buyurtmachi va ekspertiza tashkiloti ortasida tuzilgan shartnomalarkorsatilgan xizmatlarning moliyalashtirilganligitugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan otkazilganligiga oid elektron malumotlar bazasini shakllantirish;

obyektlar qurilishini moliyalashtirishda pudratchi bilan buyurtmachi ortasida shartnoma imzolanganligi va avans mablaglari tolanganligioyma-oy bajarilgan ishlarning hisobotini yuritish va bajarilgan ishlarga nisbatan mutanosib ravishda moliyalashtirilganligi togrisidagi aniq va ishonchli malumotlarning elektron bazasini shakllantirish;

obyektlar qurilishida ishtirok etayotgan barcha pudratchilar va yordamchi pudratchilar haqida malumotlarni yigishbajarilgan ish hajmlari asosida tolovlarni oz vaqtida amalga oshirishular tomonidan amalga oshirilayotgan ish turlari boyicha malumotlar bazalarini shakllantirish;

-obyektlarda qurilish jarayonlarini nazorat va monitoring qilishda ularni royxatga olishqurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tekshiruvlarini va korsatib otilgan kamchiliklarni qayd etishularni bartaraf etish boyicha malumotlar bazalarini shakllantirish.

Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o'tkazish platformasi

Qurilish sohasida davlat xaridlari amalga oshirilishi, xaridlar to‘g‘risidagi e’lonlar, xarid qilish tartib-taomillari, oferentlarning takliflari, xaridlar yakunlari haqidagi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotlar elektron shaklda joylashtirilishini va ko‘rilishini, shuningdek, tenderlar elektron o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-sayt va maxsus elektron platforma.

Loyihalashtirish topshirig‘iga muvofiq quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan I va II toifadagi obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron tenderda faqat o‘sha hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaxs sifatida tegishli elektron reytingdagi yuridik manzilda ro‘yxatga olingan talabgorlar qatnashadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi). Hududlarda filiallari mavjud bo‘lgan bosh loyiha institutlariga ushbu cheklov tatbiq etilmaydi.

Bunda agar, talabgor yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan hududda ushbu Nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan shartnoma shartlariga ko‘ra ishlarni yakunlamagan holda boshqa hududga yuridik manzilini ko‘chirgan taqdirda, avvalgi yuridik manzil hududidagi shartnoma shartlariga ko‘ra ishlar yakunlanmagunicha ushbu talabgor yangi yuridik manzil hududidagi elektron tenderlarga platforma tomonidan qo‘yilmaydi.

Loyihalashtirish topshirig‘iga muvofiq quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan III va IV toifadagi obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron tenderda hududiy cheklov tatbiq etilmaydi.

Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi tizimi

O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va asosiy faoliyat turi qurilish-montaj ishlari va xizmatlarni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning reyting ma’lumotlarini shakllantirish va yuritish.

Tizimning maqsad va vazifalari:

- Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirgan holda ular reytingini yuritish;

loyiha va qurilish ishlarida markazlashtirilgan mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha takomillashgan tizimni joriy etish;

loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga to‘liq rioya etilishiga erishish;

loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari o‘rtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali pudrat hamda loyiha ishlari bozorini rivojlantirish;

-loyiha va qurilish sohasida mahoratli ishchi va xizmatchilarni (kadrlarni) tayyorlash, ular malakasini muntazam ravishda oshirib borish orqali loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari salohiyati oshirilishiga erishish;

-loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari soha bo‘yicha dunyodagi nufuzli tashkilotlar reytingida yuqori pog‘onalardan joy olishini ta’minlash.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Tizim ushbu quyitizimlar va modullardan tashkil topgan:
  • opportunity icon Qurilish sohasidagi davlat xizmatlari axborot tizimi
  • opportunity icon "Qurilish nazorati" axborot tizimi
  • opportunity icon "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" axborot tizimi
  • opportunity icon "Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi" axborot tizimi
  • opportunity icon "O'zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri" geografik axborot tizimi