solution icon
Issiqlik ta'minoti hisobi tizimi
Axborot tizimi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan issiqlik ta'minotidan foydalanish hisobini elektron yuritish va nazorat maqsadida joriy etilgan cabinet.veoliaenergy.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Faydalanuvchilarning ma'lumotlarini ko'rish imkoniyati
  • advantage icon Yil boshidan iste'mol qilingan issiqlik energiyasi hajmi haqida ma'lumotlar
  • advantage icon Issiqlik energiyasi uchun amalga oshirilgan oxirgi to'lovlarni ko'rish va nazorat qilish
  • advantage icon Issiq energiyasi uchun to'lovlarni "Payme" tizimi yordamida to'lash
Loyiha haqida

Ushbu elektron tizim issiqlik energiyasining jismoniy va operatsion sarfini masofadan turib kuzatish imkonini beradi. Tizimdan foydalanganda foydalanuvchi o'zining shaxsiy ma'lumotlarini kiritishi, shuningdek, tranzaktsiya holati haqida ma'lumot olishi mumkin.

Tizimning maqsad va vazifalari

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasini hisobga olish va masofadan boshqarish faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish;

- real vaqt rejimida shaxsiy kabineti orqali iste'molchilarni joriy holat to'g'risida xabardor qilish;

- iste'molchilarning elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

- issiqlik energiyasi hisobini to‘ldirish va qarzni hisobdan chiqarish jarayonida ortiqcha qog‘ozbozlik, vaqt sarfiga yo‘l qo‘ymaslik, shaffoflikni ta’minlash, korruptsion holatlarning oldini olish va inson omilini kamaytirish.

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish

Jismoniy va yuridik shaxslar issiqlik energiyasi isteʼmolini nazorat qilish va boshqarish tizimining shaxsiy kabinetiga kirish uchun login sifatida kadastr raqami, Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL), seriya va pasport raqami yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamidan (STIR) foydalanishi mumkin.

Shaxsiy hisobingizga kirish uchun parol sifatida seriya va pasport raqami yoki kadastr raqamidan foydalanishingiz kerak.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Jismoniy va yuridik shaxs sifatida shaxsiy kabinetiga kirgan foydalanuvchilar istalgan vaqtda o‘z tashkiloti yoki xonadonining issiqlik ta’minotining joriy holatini masofadan turib kuzatishi mumkin
  • opportunity icon Shaxsiy hisobingiz orqali iste'mol qilingan issiqlik energiyasining balansi va miqdori haqida aniq ma'lumot olish imkoniyati
  • opportunity icon Tizim orqali issiqlik energiyasi isteʼmoli uchun toʻlovlarni “Payme” toʻlov tizimidan foydalangan holda plastik karta maʼlumotlarini qoʻllash orqali amalga oshirish imkoniyati paydo boʻldi