Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda qonuniy va xavfsiz ish bilan taʼminlashga qaratilgan, mehnat migratsiyasi jarayonlarini raqamlashtirish, arizalarni onlayn qabul qilish, vakansiyalarni boshqarish va davlat organlari bilan avtomatik maʼlumot almashinuvini taʼminlovchi yagona raqamli axborot tizimi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda qonuniy, xavfsiz va shaffof ish bilan taʼminlash jarayonlarini raqamlashtirish, mehnat migratsiyasini samarali boshqarish hamda davlat organlari va foydalanuvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni avtomatlashtirish.
Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari (vakansiyalar) va ishga joylashish uchun topshirilgan arizalarni elektron boshqarish
Mehnat migratsiyasi boʻyicha maʼlumotlarni yagona axborot tizimida yuritish
Davlat organlari bilan avtomatik maʼlumot almashinuvini taʼminlash
Maʼlumotlar xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash
Tizim xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz). Buni amalga oshirish uchun jismoniy shaxs tugʻilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, elektron pochta manzili hamda telefon raqamini kiritishi talab etiladi.
Agar fuqaro ilgari OneID tizimida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, u mavjud login va parol yoki elektron raqamli imzo (ERI) orqali tizimga kirish imkoniyatiga ega.
Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar: 2 497 442 nafar
Ish beruvchilar: 533 ta
Koʻrsatilgan xizmatlar soni: 1 779 760 ta