Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
Normativ-huquqiy asos raqami: PF-6044, 24.08.2020
“Litsenziyalash va ruxsatnoma berish jarayonlarini avtomatlashtirish” tizimi — litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish jarayonlarini avtomatlashtirish;
- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish chog‘ida davlat organlari va tashkilotlar hamkorligini ta’minlash;
- litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlarining bajarilishi monitoringini o‘tkazish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishi ustidan markazlashgan nazoratni amalga oshirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish;
- davlat xizmatlarini olishda fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari uchun xarajatlarni kamaytirish.
Tizimga kirish Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) orqali identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng, shuningdek elektron pochta orqali yoki elektron raqamli imzo (ERI) yordamida amalga oshiriladi.