Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.09.2025 yildagi 578-songa asosan ishlab chiqilgan, talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash jarayonlarini raqamlashtirish, arizalarni onlayn qabul qilish hamda oliy ta’lim muassasalari va foydalanuvchilar o‘rtasida shaffof, qulay va markazlashgan elektron xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga mo‘ljallangan axborot tizimidir.
Tizim maqsadlari:
1. Talabalar o‘qishini ko‘chirish va tiklash jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish
2. Arizalarni onlayn qabul qilish va ko‘rib chiqishni avtomatlashtirish
3. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yagona elektron almashinuv muhitini yaratish
4. Jarayonlarning shaffofligi va nazoratini ta’minlash
5. Foydalanuvchilar uchun tezkor, qulay va markazlashgan elektron xizmat ko‘rsatish.
Tizim vazifalari:
1. Talabalardan o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha elektron arizalarni qabul qilish
2. Foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va autentifikatsiya qilish
3. Zarur hujjatlarni tizimga yuklash, saqlash va tekshirish imkonini yaratish
4. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish
5. Ariza holatini real vaqt rejimida kuzatish va xabardor qilish
6. Statistik ma’lumotlar va hisobotlarni shakllantirish hamda tahlil qilish
7. Ma’lumotlar xavfsizligi va tizim barqaror ishlashini ta’minlash.
Foydalanuvchi soni: 102733
Integratsiya: 5
2025-2026 o’quv yili Qishki qabuli uchun umumiy 10620 ta ariza qabul qilindi.