solution icon
Kafolatlangan veterinariya-sanitariya xavfsizligiga ega soʻyiladigan hayvonlar goʻshtining yagona elektron maʼlumotlar bazasi
Kafolatlangan veterinariya va sanitariya xavfsizligiga ega soʻyiladigan hayvonlar bazasining yagona elektron axborot tizimi. billur.vetgov.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Oziq-ovqat bilan taʼminlash
  • advantage icon Aholini sifatli goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlash.
  • advantage icon VIS-Billur axborot portaliga kiritilgan har bir yirik shoxli qoramol doimiy veterinariya nazorati ostida boʻladi.
VIS-BILLUR

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ommaviy isteʼmol uchun yetkazib beriladigan goʻsht va goʻsht mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini taʼminlash, xavfsizligi kafolatlangan soʻyiladigan hayvonlar goʻshti axborot tizimining yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.

 

Tizimning maqsadi va vazifalari

Vazifalar: 1) veterinariya vrachlarining hayvonlarning yuqumli kasalliklarini aniqlash va uy hayvonlarini emlash boʻyicha ishlarini raqamlashtirish — 100%; 2) aholi va xoʻjaliklardagi emlangan uy hayvonlarini roʻyxatga olish hamda yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish — 100%.

Majburiyatlar: 1) ommaviy isteʼmol uchun yetkazib beriladigan goʻsht va goʻsht mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini taʼminlash; 2) uy hayvonlari kasalliklariga tashxis qoʻyish va emlash, shuningdek, dori vositalarini qoʻllash boʻyicha ishlar shaffofligini oshirish; 3) uchastka veterinariya vrachidan tortib qoʻmita markaziy apparati xodimi gacha boʻlgan barcha veterinariya xizmati ishtirokchilari oʻrtasida axborot almashinuvi samaradorligini oshirish; 4) manfaatdor tashkilotlarga (hokimlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqalar) respublikadagi veterinariya meditsinasi holati haqida bir xil yagona maʼlumotlarni taqdim etish.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Soʻyiladigan hayvonlar yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi va unga shtrix-kod tushirish orqali veterinariya nazorati hamda goʻshtning isteʼmolga yaroqliligi kafolatlanadi.
  • opportunity icon Shtrix-kodlar mobil ilova orqali isteʼmolchilarga nimtalangan goʻshtning kelib chiqishi toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
  • opportunity icon Goʻsht sotishga moʻljallangan savdo obyektlarida soʻyish joyi va soʻyilgan sana kabi maʼlumotlardan toʻgʻridan-toʻgʻri va erkin foydalanish imkonini beruvchi zarur uskunalar oʻrnatilgan.
  • opportunity icon Goʻsht faqat maʼlumotlar bazasiga mos kelgan taqdirdagina sotuvga chiqariladi.