Identifikatsiya qilingan hayvonlarning yagona bazasini shakllantirish; identifikatsiya qilingan hayvonlarni parvarish qilish ustidan kuzatuv monitoring olib borish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdan iborat.
Hayvonlarga ularning turlariga qarab individual raqam biriktirish (birkalash, markalash, jetonlash, chip oʻrnatish);
Elektron axborot bazasiga hayvonlar haqidagi maʼlumotlarni kiritish;
Veterinariya pasportini rasmiylashtirish.
Yirik shoxli qoramollar, qoʻylar, echkilar, otlar, choʻchqalar, eshaklar, itlar, mushuklar va tuyalar identifikatsiya qilinishi va hisobga olinishi shart.