solution icon
“Agroplatforma” axborot tizimi
Paxta, boshoqli don, meva-sabzavot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish. agroplatforma.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Yagona davlat tizimi o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish va to‘lov intizomini mustahkamlash uchun yaratilgan.
  • advantage icon U fermer xo‘jaliklari, resurs etkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni bir-biriga bog‘laydi.
  • advantage icon Barcha ishtirokchilar ushbu tizim doirasida yer tayyorlashdan tortib hosil yig‘ish va yakuniy hisob-kitoblargacha bo‘lgan barcha bosqichlarda o‘zaro hamkorlik qiladilar.
Loyiha haqida

Tizimni ishlab chiqish uchun asos Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-son Qarori.

Tizimning maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:
“Agroplatforma” AT yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi va tizimda o‘z biznes jarayonlarini tashkillashtirgan korxonalar tomonidan axborot tizimini qo‘llab-quvvatlash 

Tizim vazifalari:
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga elektron davlat xizmatlaridan foydalana olish imkoniyatini taqdim etish Imtiyozli kredit olishga yordam
 

Statistika

44 mingdan ortiq mahsulot yetishtiruvchilarning yagona reyestri joriy etildi, har bir yerdan foydalanuvchining elektron pasporti shakllantirildi.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish
  • opportunity icon Mahsulot yetishtiruvchilarning kelgusi yil hosili uchun ekinlarni oqilona joylashtirish bo‘yicha takliflari elektron xaritada aks ettiriladi va tasdiqlanadi
  • opportunity icon Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar o‘rtasida hujjat aylanishi elektron shaklga o‘tkaziladi
  • opportunity icon Kredit shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni “Agroplatforma” AT orqali real vaqt rejimida ko‘rish imkoniyati yaratiladi
  • opportunity icon Arizalar, fyuchers shartnomalari, kredit shartnomalari, sug‘urta polislari, buyurtmanomalar va dalolatnomalarni identifikatsiyalash hamda raqamlashtirish “Agroplatforma” AT orqali amalga oshiriladi
  • opportunity icon Mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi