Portalning maqsad va vazifalari
Tizim maqsadlari:
- ta’lim muassasalariga hujjat topshirish va qabul jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;
- talabalar va abituriyentlar uchun ta’limga oid barcha xizmatlarni “bir darcha” tamoyili asosida taqdim etish;
- qog‘oz hujjatlar aylanishini kamaytirish va inson omili bilan bog‘liq xatoliklarning oldini olish;
- davlat organlari va ta’lim muassasalari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini avtomatlashtirish;
- ijtimoiy holat, imtiyoz va subsidiya olish jarayonlarida ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini oshirish;
- talabalar va abituriyentlar haqidagi ma’lumotlarni yagona, ishonchli va yangilanib boruvchi bazada jamlash;
- ta’lim tizimini boshqarish uchun tahliliy va statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida shakllantirish;
- ta’lim xizmatlaridan foydalanish jarayonida ochiqlik va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish;
raqamli davlat xizmatlari sifatini oshirish va foydalanuvchilar uchun qulay muhit yaratish ko‘zda tutiladi.
Tizim vazifalari:
ATning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- akademik litseylar, texnikumlar hamda oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi ta’lim hamda magistraturasiga kirish bo‘yicha hujjat topshirish jarayonlarini to‘liq elektron shaklda tashkil etish va avtomatlashtirish;
- ta’lim muassasalariga kirish bo’yicha yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqish va qabul qilish jarayonlarini yagona platforma orqali amalga oshirish;
- texnikum va davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun to‘lov shartnomalarini elektron shaklda yuklab olish imkoniyatini yaratish;
- talabalar va abituriyentlar uchun ta’lim bilan bog‘liq davlat xizmatlarini yagona portal orqali ko‘rsatish;
- o‘qish joyidan ma’lumotnoma, reyting daftarchasi, o‘quv varaqasi, transkript, QR-kodli bakalavr yoki magistr diplomi, elektron ID karta va boshqa hujjatlarni yuklab olish imkoniyatini yaratish;
- talabalar turar joyiga joylashish yo‘llanmasi, qayta o‘qish shartnomasi va boshqa tegishli hujjatlarni onlayn yuklab olish imkoniyatini joriy etish;
- talabalar va abituriyentlarning ma’lumotlarini yagona markazlashgan bazada yuritish va yangilab borish;
- onlayn olimpiadalar va tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatini joriy etish;
- ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom va hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron so‘rov yuborish imkoniyatini yaratish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar hamda abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli davlat axborot tizimlaridan avtomatik olish va hisobga olish;
- davlat organlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyani ta’minlash;
- foydalanuvchilarga qulay, intuitiv va ko‘p funksiyali veb-interfeys hamda mobil moslashuvchanlikni ta’minlash;
- ta’lim sohasidagi jarayonlarning shaffofligi, tezkorligi va ishonchliligini oshirish;
statistik, tahliliy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan hisobotlarni avtomatik shakllantirish.
Statistika
2025/2026 o‘quv yili qabulida:
akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq, texnikumlarga kirish uchun 294 mingdan ortiq, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarni OTMlarga suhbat asosida qabul qilish boʻyicha 6,5 mingdan ortiq, oliy taʼlim muassasalarining ikkinchi taʼlimiga 22,5 mingdan ortiq hamda magistraturasiga 40 mingdan ortiq arizalar qabul qilindi.