Elektron shahodatnoma axborot tizimi - Loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad avvalgi yil bitiruvchilari uchun ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish tizimini takomillashtirish, bitiruvchilarning shahodatnomalarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ga bog‘lash orqali idoralararo elektron tizimlarga integratsiya qilish hamda o‘quv yili yakunida maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berilishini ta’minlashdan iborat.
- umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning elektron ma’lumotlar bazasini yaratish;
- maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari reyestrini yaratish orqali shahodatnomalarni raqamlashtirish;
- mavjud platforma bilan integratsiya orqali olingan 6 yillik o‘rtacha baholar haqidagi ma’lumotlar asosida elektron shahodatnoma berish va avvalgi yil bitiruvchilari uchun ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish tizimini takomillashtirish;
- bitiruvchilarning shahodatnomalarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ga bog‘lash orqali idoralararo elektron tizimlarga integratsiya qilish;
- shahodatnomalarni qalbakilashtirishning oldini olish;
- o‘quv yili yakunida maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berilishini ta’minlash.
Elektron shahodatnoma axborot tizimidan foydalanish uchun tashkilotlar Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, login va parolni kiritadi. Elektron shahodatnomani olish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas.