“my.maktab.uz” axborot tizimi umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabulni hamda maktablarda o‘quvchilar harakatini onlayn tashkil etish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, turli ovoragarchiliklarni bartaraf etib, ota-onalarga qulaylik yaratish uchun xizmat qiladi.
Uydan chiqmagan holda bir nechta maktabni o‘zaro solishtirish mumkin. Hujjat topshirishda ota-onalarning ortiqcha ovoragarchiligining oldi olindi. Ota-onalarga biriktirilgan mikrohudud doirasida maktabni tanlash imkoniyati yaratildi.
-Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun ariza berish;
- yashash joyi yaqinidagi maktablarni qidirish, hujjatlarni topshirish, shuningdek, yashash joyini o‘zgartirganda maktabni o‘zgartirish;
-o‘quvchilarni bir umumta’lim maktabidan boshqasiga o‘tkazish uchun onlayn ariza yuborish;
- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasidagi umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun onlayn ariza yuborish imkoniyatini yaratish.
Shu bilan birga, qabul jarayonlarida noqonuniy xatti-harakatlar, shu jumladan korrupsiya holatlarining oldini olish.
Tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqaroning shaxsiy raqami kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tgan fuqaroga shaxsiy kabinet biriktiriladi. Fuqaro o‘z ma’lumotlari va farzandining ma’lumotlarini kiritgandan so‘ng tizimdan foydalanishi mumkin.