solution icon
Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish tizimi (AIRCONTROL)
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof‑muhitining (xususan atmosfera havosi, suv va tuproq) ifloslanish darajasini monitoring qilish va uning sifatini baholash uchun ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish hamda interaktiv platformada ko‘rsatish monitoring.meteo.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Real vaqt rejimida kuzatish – havoning ifloslanish darajasi, suv va tuproq sifati bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor olish imkoniyati mavjud.
  • advantage icon Ma’lumotlarning interaktiv ko‘rinishi – foydalanuvchilar xaritalar, grafiklar va diagrammalar orqali oson tahlil qilishi mumkin.
  • advantage icon Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash – atrof-muhitni himoya qilish va monitoring qilish bo‘yicha hukumat va mutaxassislar uchun asosiy ma’lumotlar manbai.
  • advantage icon Ochiq va jamoatchilik uchun foydali – oddiy foydalanuvchilar ham havoning sifatini kuzatishi va shaxsiy ehtiyot choralarini ko‘rishi mumkin.
  • advantage icon Ma’lumotlarni arxivlash va tahlil qilish imkoniyati – vaqt bo‘yicha tendensiyalarni o‘rganish va ekologik holatni prognoz qilish imkonini beradi.
Loyiha haqida

O‘zbekiston Respublikasi atrof‑muhit ifloslanishini monitoring qilish milliy platformasi bo‘lib, u atmosfera havosi, suv va tuproq kabi asosiy tabiiy komponentlarning ifloslanish darajasini interaktiv xarita va statistik ma’lumotlar orqali real vaqt rejimida ko‘rsatadi. Tizim Atmosfera havosi sifati indekslari (AQI/IZA), asosiy zararli moddalar konsentratsiyasi, suv sifati ko‘rsatkichlari va tuproq monitoringi bo‘yicha ma’lumotlarni jamlab beradi hamda ularni standartlar bilan solishtirib baholaydi.
Bu platforma “Atmosfera havosining ifloslanishini monitoringini avtomatlashtirish” loyihasi doirasida, Uzgidromet, Milliy ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, ilmiy tadqiqot institutlari va Zamin xalqaro jamoat fondi hamkorligida ishlab chiqilgan. Ma’lumotlar bazasiga avtomatik monitoring stansiyalari va ko‘plab doimiy kuzatuv punktlari orqali olingan ma’lumotlar uzatiladi.
Platformada atmosfera havosi sifati darajalari uchun ilyoslanish indekslari (IZA / AQI) shkalalari ko‘rsatilgan bo‘lib, ularga qarab aholiga sog‘liq uchun xavf darajasi va profilaktik tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, har bir hudud bo‘yicha bo‘limlar bo‘yicha iqlim, zararli moddalar va holat statistikasi mavjud bo‘lib, bu ma’lumotlar ekologik holatni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
 

Tizimning maqsad va vazifalari

Atmosfera havosi sifatini real vaqtda aniqlash orqali aholini zararli moddalarga duchor bo‘lishidan oldin ogohlantiradi.
Suv va tuproq ifloslanishi bo‘yicha indikatorlarni jamlab, atrof‑muhit holatini yaxlit baholashga yordam beradi.
Shoshilinch holatlar va ekologik xavflar bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor taqdim etib, tegishli chora‑tadbirlarni rejalashtirishda asos bo‘ladi.

Statistika

Tizim raqamli hukumat tizimining Idoralararo integatsiyalashuv platformasi orqali 10 dan ortiq vazirlik va idoralar bilan integratsiyalashgan.
Tizmidan bir vaqtning oʻzida 10 mingga yaqin foydalanuvchilar tomonidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Atmosfera havosi, suv va tuproqdagi ifloslanish ko‘rsatkichlarini avtomatik stansiyalar orqali kuzatadi.
  • opportunity icon Olingan ma’lumotlarni standartlar bilan solishtiradi, zararli moddalar konsentratsiyasi va havoning sifati darajasini aniqlaydi.
  • opportunity icon Xaritalar, diagrammalar, grafiklar va indekslar orqali ma’lumotlarni foydalanuvchiga qulay shaklda ko‘rsatadi.
  • opportunity icon Havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lganda aholini va mutaxassislarni xabardor qiladi, sog‘liqni saqlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
  • opportunity icon Uzoq muddatli tendensiyalarni o‘rganish, prognoz qilish va ilmiy tadqiqotlar uchun ma’lumot bazasi yaratadi.