Ishlab chiqish uchun asos:
1. Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2023 yil 29 sentyabrda 3461-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan);
2. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarilishini ro‘yxatga olish va muomalaga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2022 yil 28 noyabrda 3397-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).
“Registratsiya” axborot tizimi quyidagilarni ta’minlaydi:
- vakolatli organ tomonidan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash vazifalarini avtomatlashtirish;
- axborotni E2B R3 formatiga muvofiq saqlash;
- axborotni eksport va import qilish;
- tahliliy hisobotlarni shakllantirish;
- ma’lumotlarni grafiklar va jadvallar ko‘rinishida vizualizatsiya qilish;
- ishtirokchilar uchun “shaxsiy kabinet” ko‘rinishida personallashtirilgan kirish;
- kripto-aktivlar va sug‘urta bozori muomalasi sohasida statistik va ma’lumotnoma axborotini taqdim etish, ko‘rib chiqish va qayta ishlash.
“Registratsiya” axborot tizimi tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziyalash, ro‘yxatdan o‘tkazish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish jarayonlarini avtomatlashtirish, shuningdek ularning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni yig‘ish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.
IS “Registratsiya”ning maqsadi:
- yuridik shaxslarni (qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat ishtirokchilari, Internet tarmog‘ida o‘yinlar, lotereyalar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari, sug‘urta faoliyati, shuningdek kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi subyektlar) ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash mexanizmini joriy etish;
- yuridik shaxslardan olingan hisobotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
- kripto-aktivlar muomalasi sohasida milliy tizimlarni tashkil etish bo‘yicha jahon talablariga rioya qilish;
- kripto-aktivlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida vakolatli organga xabarnomalar yuborish.
“Registratsiya” axborot tizimi quyidagilarni ta’minlaydi:
- vakolatli organ tomonidan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash vazifalarini avtomatlashtirish;
- axborotni E2B R3 formatiga muvofiq saqlash;
- axborotni eksport va import qilish;
- tahliliy hisobotlarni shakllantirish;
- ma’lumotlarni grafiklar va jadvallar ko‘rinishida vizualizatsiya qilish;
- ishtirokchilar uchun “shaxsiy kabinet” ko‘rinishida personallashtirilgan kirish;
- kripto-aktivlar va sug‘urta bozori muomalasi sohasida statistik va ma’lumotnoma axborotini taqdim etish, ko‘rib chiqish va qayta ishlash.
Quyidagilar bilan integratsiya qilish nazarda tutilgan:
1. Yagona identifikatsiya tizimi “OneID”
2. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” AAT
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi