Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (OTKTMYET) — oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirish, muvofiqlashtirish va monitoring qilishga mo‘ljallangan axborot tizimidir.
Tizim mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorantura, doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hujjatlarni elektron qabul qilish, tanlov va qabul jarayonlarini boshqarish, doktorantlar hamda ilmiy rahbarlar haqidagi ma’lumotlarni yuritish va monitoring qilish imkonini beradi.
OTKTMYET qog‘ozbozlikni, ortiqcha ma’muriy yuklamani va inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish, ma’lumotlarni yagona bazada shakllantirish, jarayonlarning shaffofligi va nazoratini oshirishga xizmat qiladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonlarini yagona elektron tizim orqali boshqarish va muvofiqlashtirish
Qabul va hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini raqamlashtirish
Jarayonlarning shaffofligi, tezkorligi va nazorat qilinishini ta’minlash
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish
Talabgorlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va hujjatlarini qabul qilish
Tanlov va qabul jarayonlarini elektron shaklda tashkil etish
Doktorantlar, ilmiy rahbarlar va tashkilotlar haqidagi ma’lumotlarni yuritish
Jarayonlarning borishini monitoring qilish va raqamli nazoratni amalga oshirish
Statistik va tahliliy hisobotlarni shakllantirish
Tegishli davlat axborot tizimlari bilan ma’lumot almashishni ta’minlash.