solution icon
Suv-yer-ijara axborot tizimi
Jismoniy va yuridik shaxslarga Dehqon xo‘jaligi va tijorat maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq elektron tanlovga qo‘yish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish suvyerijara.mwr.uz
Afzalliklari
  • advantage icon Yagona raqamli boshqaruv: Ariza topshirish, kelishish, shartnoma tuzish va monitoring jarayonlarini bitta platformada boshqarish
  • advantage icon Shaffoflik va nazorat: Arizalar holati, ijro muddatlari va mas’ul xodimlar harakatlarini kuzatish, o‘zgarishlar tarixini saqlash
  • advantage icon Vaqt va xarajatlarni tejash: Qog‘ozbozlikni kamaytirish, hujjat almashinuvini tezlashtirish hamda hisobotlarni avtomatik shakllantirish
Loyiha haqida

Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-99-son farmoni

 

Normativ-huquqiy asos raqami: PF-99-son farmon,  26.05.2026

 

“Suv-yer-ijara” axborot tizimi suv fondi yerlarini ijaraga berish, ulardan foydalanish va ijara holatini monitoring qilish jarayonlarini yagona elektron platforma orqali boshqarishga mo‘ljallangan. Tizim Vazirlikning Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tomonidan yaratiladi.

 

Tizim yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha takliflarni qabul qilish, hujjatlarni shakllantirish va vakolatli organlar bilan elektron kelishish, bo‘sh yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq taqdim etish, elektron tanlovlarni tashkil etish hamda ijara hujjatlarini elektron rasmiylashtirish imkonini beradi.

 

Tizimning asosiy foydalanuvchilari — jismoniy va yuridik shaxslar, dehqon xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari hamda vakolatli davlat organlari va tashkilotlari.

 

Tizimni joriy etish orqali inson omili va byurokratik jarayonlar kamaytiriladi, shaffoflik va ochiqlik ta’minlanadi, ma’lumotlar markazlashtiriladi hamda yerlarni ijaraga berish va monitoring qilish samaradorligi oshiriladi. Tizim imkoniyatlari kelgusida bosqichma-bosqich kengaytiriladi.

Tizimning maqsad va vazifalari

“Suv-yer-ijara” axborot tizimini yaratishdan asosiy maqsad suv fondi yerlarini ijaraga berish, foydalanish va monitoring qilish jarayonlarini yagona elektron platforma orqali boshqarish, inson omilini kamaytirish, shaffoflikni ta’minlash hamda davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. Tizimni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar: - yer uchastkalarini ijaraga berish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, ushbu jarayonlarda byurokratiya va korrupsiya holatlari oldini olish; - yer uchastkalari ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishni avtomatlashtirish – 100%; - Dehqon xo‘jaligi va tijorat maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatlardagi byurokratik tartib-taomillar va to‘siqlarni qisqartirish – 80%; - vakolatli organlar faoliyatida yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish va kelishishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘liq hajmda foydalanishni ta’minlash – 100%. - markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratish hamda ma’lumotlarni to‘plash jarayonida ish kuchi va vaqt resurslari sarfini 70% ga tejash; - ijara holatini monitoringi ishlarini yuritish bilan shug‘ullanuvchi ishchi kuchi, aloqa, transport, qog‘oz va boshqa turdagi sarf-xarajatlarni 80% ga tejalishiga erishish; - turli shakllardagi hujjatlar va hisobotlarni tayyorlash, topshirish va saqlashdagi ovoragarchiliklarini 95% ga kamaytirish.

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Bo‘sh yer uchastkalariga ariza berish
  • opportunity icon Shartnomalarni shakllantirish va elektron hujjat aylanishini ta’minlash
  • opportunity icon Shartnoma tuzilgandan keyingi monitoringni amalga oshirish
  • opportunity icon Foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish