O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-415-son qarori 1-bandining «v» kichik bandi «“Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish»ga asosan ishlab chiqilgan.
Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy ma’lumotlarni raqamlashtirish, saqlash, qayta ishlash va almashishni ta’minlovchi yagona axborot tizimi.
Tibbiyot xodimlari, tibbiyot muassasalari ma’muriyati, tegishli davlat tashkilotlari hamda fuqarolar.
Sog‘liqni saqlash sohasida axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirish. Bemorlarning yagona elektron tibbiy ma’lumotlar bazasini shakllantirish. Tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish. Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning qulayligi va sifatini oshirish.
Bemorlar va ularning tibbiy ma’lumotlarini elektron shaklda ro‘yxatga olish va yuritish.
Tibbiy ko‘rik, tashxis, davolash va kuzatuv jarayonlarini elektronlashtirish.
Elektron tibbiy karta va bemorning tibbiy tarixini shakllantirish.
Elektron retsept va dori vositalarini tayinlash jarayonlarini avtomatlashtirish.
Laboratoriya va diagnostik tekshiruvlar natijalarini elektron shaklda yuritish.
Tibbiyot muassasalari o‘rtasida tibbiy ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
Tibbiy-statistik ma’lumotlarni avtomatik yig‘ish va umumlashtirish.
Tahliliy hisobotlar, statistik ma’lumotlar va boshqaruv uchun zarur ko‘rsatkichlarni shakllantirish.
Boshqa davlat va idoraviy axborot tizimlari bilan integratsiyani ta’minlash.
Tibbiy ma’lumotlarni himoya qilish va foydalanuvchilarning vakolatlari asosida foydalanishini ta’minlash.
Sog‘liqni saqlash sohasida raqamli xizmatlarni bosqichma-bosqich kengaytirish.