solution icon
Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi
Professional ta’limni boshqarish axborot tizimi — bu o‘quv jarayonini rejalashtirish, boshqarish hamda talabalar, o‘qituvchilar va ma’muriyat faoliyatini yagona platformada muvofiqlashtirish tizimidir. prof-emis.edu.uz
Afzalliklari
  • advantage icon O‘quv jarayonini avtomatlashtirish – dars rejalari, attestatsiya va nazorat jarayonlari tizim orqali avtomatik tarzda boshqariladi.;
  • advantage icon Ma’lumotlarning yagona bazasi – o‘quvchilar, o‘qituvchilar va kurslar haqidagi barcha ma’lumotlar markazlashtirilgan holda saqlanadi;
  • advantage icon Nazorat va baholashni soddalashtirish – o‘quv jarayonidagi baholar, kuzatuvlar va hisobotlar tizim orqali tez va aniq olinadi;
  • advantage icon Vaqt va resurslarni tejash – qog‘oz ishlarini kamaytirib, ma’muriy jarayonlarni optimallashtiradi;
  • advantage icon Analitik imkoniyatlar – tizim statistik va tahliliy hisobotlar tayyorlab, qaror qabul qilishni osonlashtiradi;
  • advantage icon O‘zaro kommunikatsiya va axborot almashish – o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ma’muriyat o‘rtasida tezkor axborot almashish imkoniyati;
Loyiha haqida

Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi bu kasbiy ta’limni raqamlashtirish va modernizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, ta’lim jarayonini samarali, shaffof va tezkor boshqarishga xizmat qiladi.

Tizimning maqsad va vazifalari

Tizim maqsadlari:
Kasbiy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi bu kasbiy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini samarali boshqarish, rejalashtirish, monitoring qilish va baholashga mo‘ljallangan integratsiyalashgan axborot tizimi. Tizim o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ma’muriyat o‘rtasidagi axborot almashuvini soddalashtiradi hamda ta’lim jarayonini raqamlashtirishga yordam beradi.

Tizim vazifalari:
1.    O‘quv jarayonini rejalashtirish – darslar, amaliy mashg‘ulotlar va imtihonlar jadvalini yaratish va boshqarish;
2.    O‘quvchi va o‘qituvchilar ma’lumotlarini boshqarish – shaxsiy ma’lumotlar, kurslar va natijalarni yagona markazlashgan bazada saqlash;
3.    Monitoring va nazorat qilish – o‘quv jarayoni samaradorligini real vaqt rejimida kuzatish, muassasa rahbariyatiga hisobotlar tayyorlash;
4.    Resurslarni boshqarish – auditoriya, uskunalar va o‘quv materiallaridan samarali foydalanishni ta’minlash;
5.    Xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash – foydalanuvchi ma’lumotlari va tizimdagi axborotlarning himoyalanganligini ta’minlash;
6.    Ta’lim sifatini oshirish – tizim orqali o‘quv jarayonlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish

Statistika

Foydalanuvchilar soni o‘quvchi:1,029,268
Foydalanuvchilar soni o‘qituvchi:36,000
Integratsiyalashgan tizimlar soni: 16 ta
Sayt/portalga tashrif buyuruvchilar soni (kunlik): 100,000+
 

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini boshqarish uchun mo‘ljallangan axborot tizimi.
  • opportunity icon Ta’limni rejalashtirish, monitoring qilish, baholash va samarali boshqarish.
  • opportunity icon Talabalar, o‘qituvchilar va ma’muriyat faoliyatini yagona platformada muvofiqlashtirish.
  • opportunity icon O‘quv jarayonini raqamlashtirish, shaffof va tezkor boshqaruv hamda qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash.