Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga binoan ishlab chiqilgan.
Ko‘chmas mulk obyektlari va ularga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risida, shuningdek, huquq egalari haqidagi ma’lumotlardan iborat yagona axborot ma’lumotlar bazasi, yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulkning kadastr raqamini kiritganda mulkning ma’lumotlarini ko‘rsatish.
Tizim maqsadlari:
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri, jismoniy va yuridik shaxslarga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reyestridan erkin kirib olish imkoniyatini taqdim etadi.
Tizim vazifalari:
Davlat reyestridan berilgan ma’lumotnomada har qanday turdagi ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
Tizim foydalanuvchilari tomonidan obyektning kadastr raqami orqali berilgan so‘rovga javoban Kadastr agentligining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish;
Ko‘chmas mulk obyеktlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
Ta’qiq mavjud/mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (garov, xatlash va hokazo.).
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etish xizmatini o‘z ichiga oladi.
Tizimga 01.01.2026y – 06.02.2026y holatiga tashrif buyuruvchilar soni – 126 142 ta, ko‘rishlar soni – 881 050 tani tashkil qiladi.
Axborot tizim bilan mavjud integratsiyalar ro‘yxati:
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator Uzinfocom;
Majburiy ijro byurosi;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Adliya vazirligi;
So‘liqni saqlash vazirligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Soliq qo‘mitasi;
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi;