Tizimni batafsil tavsiflash Ushbu loyihani ishlab chiqish uchun quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar asos hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentyabrdagi
PQ-378-sonli “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-noyabrdagi
PQ-425-sonli “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi
PQ-465-sonli “2023 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-sonli “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori;
Tizim maqsadlari:
Loyihalarni hisobga olish va monitoring qilish – davlat kapital qo‘yilmalarini amalga oshirish jarayonida loyihalar va obyektlarning holatini avtomatlashtirilgan tarzda kuzatish.
Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish – byudjet mablag‘lari va investitsiyalarning maqsadli va optimal tarzda taqsimlanishi va hisobga olinishi.
Loyihalarning muddat va ko‘rsatkichlarini nazorat qilish – loyihalar belgilangan vaqt, byudjet va sifat standartlariga muvofiq bajarilishini ta’minlash.
Tahliliy hisobotlar va qaror qabul qilish uchun ma’lumot taqdim etish – loyihalar, obyektlar va manzili ro‘yxatlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish.
Foydalanuvchilar faoliyatini avtomatlashtirish – loyiha tashabbuskorlari, buyurtmachilar va monitoring organlari faoliyatini elektron va integratsiyalangan tarzda yuritish.
Tizim vazifalari:
Dastur va loyihalarni shakllantirish:
Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarni tashkil qilish;
Loyihalar (obyektlar) portfelini yaratish va tasdiqlash;
Dastlabki va yakuniy ro‘yxatlarini shakllantirish
Loyihalarni amalga oshirish jarayonini nazorat qilish:
Loyihalarning qurilishi, rekonstruksiyasi, ta’mirlash va modernizatsiyasini hisobga olish;
Loyihalarning muddat, byudjet va maqsadlarga rioya qilinishini kuzatish;
Qurilish jarayoniga oid ma’lumotlarni (pasportlar, shartnomalar, hisob-fakturalar) yuklash.
Manzili ro‘yxat va xarajatlarni yuritish:
Loyihalarning manzili ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash;
Saqlash xarajatlari va smeta xarajatlarini hisobga olish
Shaxsiy g‘azna va byudjet xarajatlarini monitoring qilish.
Oxirgi 3-5 yil uchun
Integratsiyalar soni 5 ta
Foydalanuvchilar soni 30 000-50 000 ta.