zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 oktyabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3961-son qarori bilan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqilgan. Saylov uchastkalardagi saylovchilar ro‘yxatini qo‘lda shakllantirish, saylovchini 1tadan ortiq saylovchilar ro‘yxatiga kiritish oldi olindi. Saylovchilar ro‘yxatini saylov uchastkalariga avtomatik taqsimlash orqali saylovchining o‘z uchastkasini MSKning rasmiy veb-saytida va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida bilib olish imkoniyati yaratildi.
- Saylov jarayonlarida saylovchilar yagona elektron ro‘yxati bilan ishlashni ta’minlash;
- Saylovchilarni saylov uchastkalariga taqsimlash hamda uchastka komissiya a’zolari uchun ro‘yxatlarga tuzatish kiritish imkoniyatiga ega vositalar bilan ta’minlash;
- Saylovga oid statistik ma’lumotlarni shakllantirish;
- Saylovchilarga o‘z saylov uchastkasiga oid manzil ma’lumotlari bilan tanishish imkoniyatini yaratish;
- O‘zbekiston Respublikasi saylov jarayonini takomillashtirish;
- Idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan xavfsiz aloqa kanallari orqali integratsiyalash;
- Saylovchilari ro‘yxatlarini saylov uchastkalari bo‘yicha taqsimlash;
- Saylov natijalari bo‘yicha tegishli hisobotlarni shakllantirish.
2024 yil 27 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar saylov natijalari yuzasidan:
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 11028 ta saylov uchastkasi mavjud bo‘lib, ularga 19 944 859 nafar saylovchilar taqsimlangan. Shuningdek, 40ta davlatlarda 57ta 165,6 ming nafar saylovchilar taqsimlangan. Saylovda ilk marotaba qatnashadigan yoshlar 506,8 ming nafarni tashkil etgan. O‘zbekistonda 15 mln 27 ming 529 nafar, chet elda 132 ming 667 nafar saylovchi ovoz bergan.