solution icon
Check Permission
Mobil qurilmalarda o‘rnatilgan ilovalar tomonidan berilgan ruxsatlar (permissions)ni tahlil qilish, foydalanuvchilarni zararli va xavfli ilovalardan ogohlantirish hamda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash play.google.com
Afzalliklari
  • advantage icon Ilovalarni tez va avtomatik tahlil qilish imkoniyati
  • advantage icon Istalgan vaqtda (24/7) offline rejimda foydalanish imkoniyati
  • advantage icon Shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilmasdan xavfsizlikni ta’minlash
Loyiha haqida

Check Permission — foydalanuvchiga qurilmadagi barcha ilovalar qanday ruxsatlarga ega ekanligini bitta platforma orqali ko‘rish imkonini beruvchi yagona axborot tizimi hisoblanadi. 

Ilova jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xavfli ruxsatlarga ega ilovalarni aniqlash va foydalanuvchini xabardor qilishga xizmat qiladi.

Check Permission yordamida foydalanuvchi ilovalarning kamera, mikrofon, SMS, qo‘ng‘iroqlar, joylashuv (location) va boshqa muhim ruxsatlardan foydalanish holatini mustaqil nazorat qilishi mumkin.

Check permission tizimining maqsad va vazifalari

  • Mobil qurilmalarda axborot xavfsizligini ta’minlash
  • Zararli va shubhali ilovalardan foydalanuvchilarni ogohlantirish
  • Shaxsiy ma’lumotlarning noqonuniy yig‘ilishini oldini olish
  • Android ilovalari faoliyatida shaffoflikni oshirish
  • Qurilmaga o‘rnatilgan ilovalarni aniqlash
  • Har bir ilovaning ruxsatlarini tahlil qilish
  • Xavfli ruxsatlar bo‘yicha foydalanuvchiga xabar berish
  • Axborot xavfsizligi bo‘yicha foydalanuvchini xabardor qilish

Check permissionda ro‘yxatdan o‘tish

Check Permission mobil ilovasidan foydalanish uchun majburiy ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.

Mobil dasturni yuklab olish

Xizmatlardan mobil ilovalar orqali foydalanish uchun quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin:

Imkoniyatlari
  • opportunity icon Qurilmadagi ilovalar ro‘yxatini ko‘rish
  • opportunity icon Ilovalarni xavf darajasi bo‘yicha belgilash
  • opportunity icon Xavfli ruxsatlar aniqlanganda ogohlantirish olish
  • opportunity icon 3 tilda ishlash: o‘zbek, rus va ingliz tillarida